Durov Rossiyada terrorchi va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgani borasida izoh berdi
30 iyul kuni Rosfinmonitoring Durovni ekstremistik faoliyat yoki terrorizmga aloqadorligi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritdi. Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Durovga terrorizmga ko‘maklashish ayblovi qo‘yilganini ma’lum qildi.

Durov Rossiyada terrorchi va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilganiga munosabat bildirdi.
Telegram asoschisi Pavel Durov Rossiya moliyaviy monitoring xizmati (Rosfinmonitoring) tomonidan terrorchi va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgani yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
"Rossiya Telegram’da ommaviy kuzatuv va tsenzura haqidagi talablarini bajarishdan bosh tortganim uchun meni “terrorchi” deb topibdi. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, menga “internetda axborot tarqatish taqiqlanibdi”. Rossiyalik amaldorlar kim kimga internetdan foydalanishni taqiqlashi mumkinligi borasida aniq adashishibdi", — deb yozdi Durov o‘zining Telegram-kanalida.
30-iyul kuni Rosfinmonitoring Durovni ekstremistik faoliyat yoki terrorizmga aloqadorligi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritgan edi. Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Durovga terrorizmga ko‘maklashish ayblovi qo‘yilganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, Telegram ma’muriyati Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan foydalaniladigan kanallar va botlarni o‘chirib tashlamayapti.

