Dunyoga mashhur Emgrand va EX2 endi O‘zbekistonda! Geely rasmiy sotuvdagi modellar qatorini kengaytirmoqda
Geely Auto O‘zbekiston bozoridagi model qatorini ikkita yangi avtomobil - Geely Emgrand oilaviy sedani va Geely EX2 elektromobili bilan kengaytirmoqda.

**Mashhur Geely Emgrand va EX2 endi O‘zbekistonda sotuvda! Geely o‘z modellar qatorini kengaytirmoqda.**
Geely kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga o‘zining ikki mashhur modelini – oilaviy sedan Emgrand va shahar elektromobili EX2 ni olib kirmoqda. Bu avtomobillar endi rasmiy dilerlik markazlarida xaridorlarga taqdim etiladi.
**Geely Emgrand: Oilaviy qulaylik va ishonchli tajriba**
Geely Emgrand keng salon, yoqilg‘i tejamkorligi, yuqori ishonchlilik va arzon ekspluatatsiya xarajatlarini o‘zida mujassam etgan oilaviy sedan hisoblanadi.
Emgrand xalqaro miqyosda Geely’ning eng tan olingan va sinovdan o‘tgan modellaridan biridir. 2026-yil iyun holatiga ko‘ra, uning umumiy global savdosi 4,24 million donadan oshgan. Model 173 oy davomida har oyda 10 ming donadan ortiq sotilgan. Bu natijalar Emgrand’ning uzoq yillar davomida xaridorlar ishonchini qozonib kelayotganini tasdiqlaydi.
Emgrand yangi avlod BMA global modullar arxitekturasi asosida ishlab chiqilgan. U 1,5 litrli to‘g‘ridan-to‘g‘ri purkash tizimiga ega benzin dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, 90 kVt quvvat va 152 Nm aylantiruvchi moment ishlab chiqaradi. Olti pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi 94 foiz samaradorlikka ega bo‘lib, silliq va ishonchli ishlashni ta’minlaydi.
NEDC sikli bo‘yicha mexanik uzatmalar qutisiga ega versiyaning yoqilg‘i sarfi 100 kilometrga 5,8 litrni, avtomatik versiyada esa 6,4 litrni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar Emgrand’ni kundalik foydalanish va uzoq shaharlararo safarlar uchun tejamkor tanlovga aylantiradi.
Emgrand 1822 mm kenglikdagi kuzovi bilan o‘z sinfidagi eng keng avtomobillardan biridir. Orqa qatordagi yelka qismi qariyb 1,5 metr bo‘lib, uch nafar katta yoshli yo‘lovchining qulay joylashishiga imkon beradi. Orqa o‘rindiqlar 60/40 nisbatda yig‘iladi, salon va bagajdagi saqlash maydoni esa asosiy raqobatchilarga nisbatan 50 foizgacha ko‘proq. Avtomobil 17 dyuymli besh juft spitsali yengil qotishmali g‘ildiraklar bilan jihozlangan.
Model dizaynida yorug‘lik va soya uyg‘unligiga asoslangan klassik uslub, keng kuzov proporsiyalari va 190 ta LED elementidan tashkil topgan yaxlit orqa chiroqlar qo‘llanilgan. Ko‘k-kulrang zamsh materiallari bilan bezatilgan salon avtomobilning zamonaviy va sifatli ko‘rinishini kuchaytiradi.
Salonning 85 foiz qismi yumshoq materiallar bilan qoplangan. Bosimni kamaytiruvchi zamsh o‘rindiqlar, to‘rt yo‘nalishda sozlanadigan charm rul, havoni filtrlash tizimiga ega Forest Oxygen Bar konditsioneri, ritmik kutib olish yoritkichi va qo‘lsiz ochiladigan elektr bagaj kundalik foydalanishdagi qulaylikni oshiradi.
Emgrand 12,3 dyuymli raqamli asboblar paneli va 12,3 dyuymli markaziy HD ekran bilan jihozlangan. Easy Connection tizimi smartfon ekranini avtomobil displeyiga ulash imkonini beradi. Orqa kamera, to‘xtash datchiklari, dvigatel va konditsionerni masofadan ishga tushirish hamda vaziyatga mos ishlaydigan aqlli iqlim nazorati funksiyalari ham mavjud.
Geely Emgrand’ning O‘zbekistondagi rasmiy narxi 246 500 000 so‘m etib belgilangan. Model maxsus moliyaviy dasturga ham kiritilgan: boshlang‘ich to‘lov miqdori 25 foizdan 70 foizgacha, to‘lov muddati esa 12 oydan 60 oygacha bo‘lib, avtomobilni 0% yillik ustama asosida xarid qilish mumkin.
Keng salon, tejamkor dvigatel, zamonaviy texnologiyalar hamda xalqaro bozorda sinalgan sifat va ishonchlilikni birlashtirgan Geely Emgrand O‘zbekistondagi oilalar uchun oqilona va maqbul tanlovdir.
**Geely EX2 – shaharlar uchun yaratilgan elektromobil**
EX2 ham xalqaro bozorda juda yuqori talabga erishgan modellaridan biridir. 2026-yil iyul holatiga ko‘ra, uning dunyo bo‘ylab umumiy savdosi 800 ming donadan oshgan. Model ishlab chiqarila boshlanganidan keyingi 12 oy ichida 400 ming dona yetkazib berilgani ham unga talab nihoyatda yuqoriligini ko‘rsatadi. EX2 2025-yilda A va B segmentlaridagi elektromobillar orasida jahon savdo yetakchisiga aylangan model, Xitoy bozorida esa har qanday turdagi avtomobillar orasida eng ko‘p sotilgan model hisoblanadi.
Elektromobil EX5 modelida ham qo‘llaniladigan GEA global intellektual elektr arxitekturasi asosida yaratilgan. Geely’ning 11 komponentni birlashtiruvchi elektr uzatma tizimi 89,2 foiz samaradorlikka ega. Orqa g‘ildiraklardan tortish tizimi, old MacPherson va orqa mustaqil ko‘p richagli osma avtomobilning boshqaruvchanligini ta’minlaydi. 4,95 metrlik burilish radiusi EX2’ni shaharning gavjum ko‘chalari, tor yo‘llari va avtoturargohlarida boshqarishni osonlashtiradi.
Kompakt tashqi o‘lchamlariga qaramasdan, EX2 keng va funksional salonga ega. Avtomobilning uzunligi 4135 mm, kengligi 1805 mm, balandligi 1580 mm, g‘ildiraklar bazasi esa 2650 mm. Old qismda 70 litrli qo‘shimcha bagaj mavjud. Asosiy bagaj hajmi 375 litr bo‘lib, orqa o‘rindiqlar yig‘ilganda 1320 litrgacha kengayadi. Salon bo‘ylab 36 ta saqlash joyi, besh kishilik to‘liq o‘rindiqlar va tekis orqa pol mavjud.
Geely EX2 ning O‘zbekistondagi rasmiy narxi 236 600 000 so‘m.
Avtomobillarning O‘zbekiston bozori uchun yakuniy komplektatsiyalari, narxlar, kafolat shartlari va sotuvlar haqidagi batafsil ma’lumotlarni Geely rasmiy dilerlik markazlarida olishingiz mumkin. Elektromobillar batareyasining haqiqiy yurish masofasi foydalanish sharoiti, ob-havo, haydash uslubi va boshqa omillarga bog‘liq.
Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Geely brendiga 1986-yilda asos solingan va u 1997-yildan beri avtosanoatda muhim o‘rinlardan birini egallab kelmoqda. Geely Holding tarkibiga Geely Auto (jumladan Geely Galaxy), ZEEKR, Lynk & Co, Volvo Cars, Polestar, Lotus, LEVC (London Electric Vehicle Company) va Farizon (tijorat NEV) kabi brendlar kiradi. Shuningdek, guruh o‘z portfeli doirasiga bevosita kiritadigan hamkorlik va investitsion aktivlar ham mavjud. Ular qatorida SMART va PROTON brendlari ham bor. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, Geely Holding’ga tegishli barcha brendlari bo‘yicha jami sotuv 4,11 mln avtomobildan oshdi.
Batafsil ma’lumotni Geely’ning rasmiy dilerlik markazlari yoki (55) 510-02-90 Call Center orqali olish mumkin.
Reklama huquqi asosida

