«Dolzarb 40 kunlik» doirasida Oliy Majlis deputatlari hamda Turonbank vakillari Gulistonda!
«Dolzarb 40 kunlik» doirasida Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi «Do‘stlik» MFYda o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Hudud aholisining muammolarini o‘rganish, ularni joyida hal etish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida xonadonlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Oliy Majlis deputatlari va Turonbank vakillari "Dolzarb 40 kunlik" tadbiri doirasida Guliston shahrida bo‘lishdi.
O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari N. Jannibekova, M. Valiyev, Sh. Qulmatov hamda "Turonbank" ATB Mijozlar servisi va marketing departamenti direktori J. Tuxmakov ishtirokida amalga oshirildi. Mahalla faollari, fuqarolar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari va takliflari tinglandi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Xonadonma-xonadon o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar joyida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Har bir murojaat alohida nazoratga olinib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Mahallalar taraqqiyoti - xalq farovonligining mustahkam poydevori!
@turonbankmatbuotkotib
Reklama huquqi asosida

