Mahalliy

Chorvoq, Zomin va Qamchiq dovoni yo‘nalishlarida avtobus va mikroavtobuslar uchun alohida tartib belgilanadi

2027-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha faol turizm yo‘nalishida foydalaniladigan avtomobillar, asbob-uskunalar va anjomlari importini bojxona bojidan ozod etish taklif etilmoqda.

Turizm qo‘mitasi tomonidan faol turizm turlarini rivojlantirishga qaratilgan qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

Ushbu loyihaga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha faol turizm sohasida ishlatiladigan avtomobillar, uskunalar va jihozlarni import qilish bojxona bojidan ozod etilishi taklif qilinmoqda.

Bojdan ozod qilinadigan mahsulotlar ro‘yxatiga 40 ga yaqin turdagi vositalar kiritilgan. Bularga kvadrotsikllar, UTV, SSV va baggi kabi yo‘lsiz transport vositalari, yo‘ltanlamas avtomobillar, avtokemperlar, gidrotsikllar, shuningdek, parashyutlar, paraplanlar, deltaplanlar, aeronavigatsiya asboblari, tog‘ va alpinizm anjomlari, suv turizmi jihozlari, portativ ratsiyalar va boshqa shu kabi vositalar kiradi.

Yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida respublikaning tog‘li hududlarida, xususan, Chorvoq, Zomin va Qamchiq dovoni yo‘nalishlarida avtobus va mikroavtobuslar harakati uchun maxsus tartib joriy etiladi. Bundan tashqari, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda faol turizm xizmatlarini sug‘urtalash bo‘yicha xorijiy tajribaga asoslangan taklif ishlab chiqiladi.

uzbekistanactive tourismcustoms duty exemptionvehicle importmountain routespassenger safetyinsurancetourism development