Buxoroda issiq sabab barcha bog‘chalar vaqtincha yopildi
Buxoro viloyatida 15–17 iyul kunlari havo harorati 44–45 darajagacha ko‘tarilishi kutilgani sababli barcha bog‘chalar faoliyati to‘xtatildi.

Buxoroda issiq havo sababli barcha bog‘chalar vaqtincha yopildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Buxoro viloyatida 15 iyuldan 17 iyulgacha havo haroratining g‘ayrioddiy darajada yuqori bo‘lishi munosabati bilan barcha maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati maʼlumot berdi.
Idoraning xabariga ko‘ra, joriy haftada hududda havo harorati 44–45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Ushbu qaror maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, shuningdek, o‘ta yuqori haroratning salbiy taʼsirini oldini olish maqsadida qabul qilingan.
Cheklovlar viloyatdagi barcha maktabgacha taʼlim muassasalariga tatbiq etiladi.
Davlat maktabgacha taʼlim muassasalari belgilangan tartibda 20 iyuldan o‘z faoliyatini qayta boshlaydi.

