Mahalliy

Namanganda 70 dan ziyod bolada yurak operatsiyalari bepul oʻtkazildi

Namanganda 70 dan ortiq bolaga yurak operatsiyalari bepul o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali ma'lum qildi.

Operatsiyalar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filialida amalga oshirildi.

Shuni ta'kidlash joizki, bunday yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari viloyatda doimiy ravishda o‘tkazilmoqda. Masalan, 2026-yilning o‘tgan davrida hududda 850 nafar bolaga onkogematologik, onkologik, yurak va boshqa og‘ir kasalliklar tashxisi qo‘yilgan. Ularning ro‘yxati tuzilib, davlat byudjeti hisobidan bepul operatsiya va davolash ishlari tashkil etilgan. Hozirda ro‘yxatdagi oxirgi bemorlarga operatsiyalar o‘tkazilmoqda.

Telekanalning ma'lumotlariga ko‘ra, prezident qarori asosida O‘zbekistonda og‘ir va nogironlikka olib keluvchi kasalliklarga chalingan bolalarni davolash xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi. Xususan, onkologik, onkogematologik, yurak, buyrak va jigar kasalliklari bo‘yicha jarrohlik amaliyotlari byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Hozirgacha bunday kasalliklarga chalingan 10 ming nafardan ortiq bolaga bepul operatsiyalar o‘tkazilgan va ularning barchasi sog‘aygan.

Avvalroq onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etilgani haqida xabar berilgan edi.

bolalaryurak operatsiyalaribepul jarrohliko‘zbekistononkologik kasalliklardavlat byudjetinamangansog‘lomlashtirish jamg‘armasi