Sport

Braziliyada o‘yin paytida 15 yoshli futbolchi otib o‘ldirildi

Braziliyada 15 yoshli futbolchi o‘rtoqlik o‘yini vaqtida otib o‘ldirildi.

Braziliyaning Maseyo shahrida joylashgan "Centro Sportivo Alagoano" klubining 15 yoshli a'zosi Mikael Leandro da Silva o‘rtoqlik uchrashuvi chog‘ida otishma qurboni bo‘ldi. Bu haqda Globo nashri ma'lum qildi.

Gazetaning yozishicha, otishmani noqonuniy moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh a'zolari sodir etgan. Hodisa natijasida tribunada o‘tirgan bir nechta muxlis ham jarohatlangan. Fuqarolik politsiyasi xodimlari ushbu voqea yuzasidan guvohlarni so‘roq qilishni boshlab yuborgan.

"Biz yosh Mikaelning vafotidan chuqur qayg‘udamiz. Ushbu og‘ir damlarda uning do‘stlari va oilasiga hamdardlik bildiramiz. Vakolatli organlar ushbu shafqatsiz jinoyatni tergov qilib, aybdorlar jazolanishiga umid qilamiz", deyiladi futbol klubi tomonidan e'lon qilingan bayonotda.

murderbrazilviolencecrimeinvestigationfootballshootingyouth