Braziliyalik futbolchi jarohatlangan raqibi tuzalib ketgunga qadar diskvalifikatsiya qilindi

Braziliyalik futbolchi raqibi sog'ayib ketguniga qadar o'yinlardan chetlatildi
Braziliya Oliy Sport sudi "Internasional" himoyachisi Viktor Gabriyelni "Kruzeyro" hujumchisi Gabriel Pek jarohatidan to'liq tuzalib, maydonga qaytguniga qadar musobaqalardan chetlatish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda The Touchline nashri ma'lum qildi.
Voqea "Kruzeyro"ga qarshi o'yinning 58-daqiqasida sodir bo'lgan. Viktor Gabriyel Gabriel Pekga nisbatan qo'pol o'ynab, to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan. Natijada, hujumchining oyoq suyagi singan va u operatsiya qilingan. Taxminlarga ko'ra, uning tiklanishi uchun uch-to'rt oy vaqt ketadi.
Oliy sport sudi jarohatning jiddiyligini inobatga olib, bunday holatda odatdagi 6 o'yinlik diskvalifikatsiya yetarli emas deb topdi. Shu sababli, Gabriyel raqibi maydonga qaytguniga qadar chetlatildi.
Ushbu o'yin "Kruzeyro"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.

