Boshi beton teshigiga kirib qolgan bola qutqarib qolindi
Buxoro shahrida boshi beton teshigiga kirib qolgan kichik yoshli bola Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan maxsus asbob-uskunalar yordamida xavfsiz qutqarildi. Hodisa oqibatida bolaga jarohat yetmagan.

Beton teshigiga boshi tiqilib qolgan bola qutqarildi
3-avgust kuni Buxoro shahridagi turar joy massivlaridan birida yuz bergan hodisada, kichik yoshli bola ehtiyotsizlik oqibatida boshini beton teshigiga kiritib qo‘ygan va uni o‘zi chiqara olmagan.
Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari maxsus asbob-uskunalar yordamida bolani hech qanday jarohat yetkazmasdan beton teshigidan chiqarib olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolarni, ayniqsa, yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmaslikka va shunga o‘xshash ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.

