“Barselona” Rodri uchun qancha to‘lamoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi — Romano

“Barselona” Rodri uchun qancha taklif qilayotgani oshkor bo‘ldi — Romano
Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi “Manchester Siti” yarimhimoyachisi Rodrini o‘z tarkibiga jalb qilishga urinmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining X (ilgari Twitter) sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi ushbu transfer bo‘yicha “Manchester Siti” bilan rasmiy muzokaralar olib bormoqda va kelishuvning ijobiy yakunlanish ehtimoli juda yuqori.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “Barselona” rahbariyati futbolchi uchun 45 million yevrodan biroz ko‘proq mablag‘ to‘lashga tayyor. Biroq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar jarayonida ingliz klubi nisbatan yuqoriroq narx talab qilmoqda. Ta’kidlanishicha, Rodrining o‘zi ham “Barselona”ga o‘tishni istaydi. Bu holat muzokaralar jarayonida “ko‘k-anorranglilar”ga ustunlik berishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli yarim himoyachi 2025/2026-yilgi mavsumda Angliya Premyer Ligasida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, u joriy mavsum Chempionlar Ligasi doirasida 5 ta o‘yinda ishtirok etgan. Rodri 2026-yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Turnir finalida Ispaniya terma jamoasi qo‘shimcha bo‘limlarda kiritilgan yagona gol evaziga (1:0) Argentina ustidan g‘alaba qozongan edi.

