Argentina tarixidagi qora sahifa: inglizlar bilan urush qanday kechgan?

Argentina tarixidagi qora sahifa: inglizlar bilan urush qanday kechgan?

Argentina va Angliya Jahon kubogi musobaqasining yarimfinaliga chiqdi. Ushbu ikki terma jamoa g‘olibi final ishtirokchisini aniqlaydi. Biroq o‘yinning ahamiyati faqat sovrin bilan o‘lchanmaydi. Ular o‘rtasida qonli urush va hal etilmagan hududiy nizolar mavjud. Bu 1982-yilda boshlangan va ikki oydan ortiq davom etgan Folklend urushi haqida.

Folklend yoki Malvina?

Folklend Argentinaning eng yaqin qirg‘oqlaridan taxminan 480 kilometr uzoqlikda joylashgan, hududi jihatidan Toshkent viloyatiga deyarli teng, ammo tabiiy boyliklari va unumdor zamini yo‘q bo‘lgan orollar arxipelagi. Bir qarashda, bu qonli urushlarga sabab bo‘ladigan hududga o‘xshamaydi.

Ammo Folklendning o‘ziga xos tarixi bor. Uni dastlab kim kashf etgani haqida bahs-munozaralar davom etmoqda. Biroq olimlarning aksariyati qabul qilgan versiyaga ko‘ra, orolga birinchi bo‘lib 1690-yilda ingliz kapitani Jon Strong qadam bosgan. Dengizchi orollar orasidagi bo‘g‘ozni Britaniya flotining o‘sha paytdagi xazinachisi Lord Folklend sharafiga Falkland Sound deb atagan. Keyinchalik butun arxipelag shu nom bilan tanila boshlagan.

Garchand arxipelagni dastlab inglizlar ochgan bo‘lsa-da, unda birinchi istehkomni 1764-yilda fransuz ekspeditsiyasi qurgan. Fransiyada bu orollarni Îles Malouines deb atash boshlangan. Malvina nomi shu tariqa kelib chiqqan. Ba’zi da’volarga ko‘ra, fransuzlardan bir yil o‘tib orolga inglizlar ham oyoq qo‘ygan. Biroq hududga yana bir qudratli saltanat — Ispaniya ko‘z tikayotgandi. Boisi Madrid Buyuk Britaniya arxipelagdan foydalanib, uning Lotin Amerikasidagi mustamlakalariga tahdid solishi mumkinligidan xavotirlanardi.

Shunday qilib, 1767-yilda Fransiya qo‘shnisining bosimidan so‘ng o‘z portini ispanlarga sotdi. Biroq o‘sha vaqtda ularning hech biri inglizlar arxipelagning narigi tomonida allaqachon istehkom qurib olganini bilmasdi. Ispanlar bundan xabar topgach, darhol flot yuborib, inglizlarni quvib soldi. Biroq uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng Britaniya qo‘shinlari Folklendga qaytdi. Ammo ular 1774-yilda arxipelagni tashlab chiqishga majbur bo‘ldi, chunki harbiylar Qo‘shma Shtatlarning ozodlikka bo‘lgan intilishini kuch bilan bostirishda kerak edi.

Ispaniyaning oroldagi boshqaruvi 1811-yilgacha davom etdi. Oradan bir necha yil o‘tib, uni Argentina o‘z nazoratiga oldi. Arxipelagning yangi egalari uni Malvina deb atay boshladi. Biroq inglizlar Folklendni unutishmagandi. Britaniya 1833-yilda hududga flot yuborib, Argentina garnizonini jangsiz siqib chiqardi. Shundan so‘ng arxipelag tarixida yangi sahifa ochildi. Hududga Angliya va Shotlandiyadan chorvadorlar, dehqonlar va baliqchilar ko‘chib keldi. 1845-yilda esa Stenli nomli ma’muriy markazga asos solindi, shuningdek, gubernator tayinlandi.

Inglizlar, bundan tashqari, orolda harbiy baza qurib, undan global savdo yo‘llarini nazorat qilishda foydalana boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Britaniya va Germaniya floti hudud uchun jang qilib ko‘rdi. Bu kurash germaniyaliklar uchun mag‘lubiyat bilan yakunlandi. Biroq orol va unda yashovchilarning taqdiriga ulkan ta’sir ko‘rsatgan kattaroq urush 1982-yilda inglizlar va argentinal

angliyaargentinatarixfolklend urushihududiy nizolarjahon kubogileopoldo galtiyerimargaret tetcher