Anomal issiqda ko‘chatlarni qaysi paytda sug‘organ ma’qul?
Anomal issiqda daraxt va buta ko‘chatlarini, o‘simliklarni to‘g‘ri vaqtda sug‘orish ularni issiq stressdan himoya qiladi, namlikni saqlaydi va sog‘lom o‘sishini ta’minlaydi. Kechki soat 20:00 dan ertalab soat 05:00 gacha sug‘orish uchun eng maqbul vaqt hisoblanadi. Chunki bu vaqt oralig‘ida havo salqin bo‘ladi, suv kam bug‘lanadi va...

Anomal issiqda ko‘chatlarni qachon sug‘orish kerak?
Anomal issiq sharoitida daraxt va buta ko‘chatlarini, o‘simliklarni to‘g‘ri vaqtda sug‘orish ularni issiq stressdan himoya qiladi, namlikni saqlaydi va sog‘lom o‘sishini ta’minlaydi.
Kechki soat 20:00 dan ertalab soat 05:00 gacha sug‘orish uchun eng qulay vaqt hisoblanadi. Chunki bu vaqt oralig‘ida havo salqin bo‘ladi, suv kam bug‘lanadi va tuproq namligini saqlab qoladi. Bu vaqtda sug‘orish ildizlarning chuqur o‘sishini ta’minlaydi va o‘simlikning chidamliligini oshiradi.
Endigina ekilgan ko‘chatlar soat 20:00 — 22:00 oralig‘ida kamroq, lekin tez-tez sug‘oriladi. Yosh daraxtlarga soat 20:00 — 22:00 oralig‘ida haftasiga 2-3 marta chuqur va mo‘l suv beriladi. Katta daraxtlar esa soat 20:00 — 05:00 oralig‘ida haftasiga 1-2 marta, chuqur va mo‘l sug‘oriladi.
1. Suvni ildiz zonasiga bering, barglarga emas. Suv yo‘qotilishini bug‘lanish orqali kamaytiring.
2. Suvni sekin va chuqur bering. Bu suvning ildizlarga yetib borishini ta’minlaydi.
3. Mulcha qo‘llang, bu namlikni uzoqroq saqlaydi va ildizlarni himoya qiladi.
4. Soat 10:00 — 17:00 oralig‘ida sug‘ormang, chunki bu vaqtda suv tez bug‘lanadi va ko‘chat yoki o‘simlikka zarar yetishi mumkin.
5. Doimiy va me’yorida sug‘orish ko‘chat (o‘simlik)ni issiqdan himoya qiladi.
Eslatma! Har bir o‘simlik va tuproq turi turlicha suv talab qiladi. Shuning uchun tuproq namligini tekshirib, o‘simlik ehtiyojiga qarab sug‘orish tavsiya etiladi.
Anomal issiq hayvonot va nabotot olamiga ham ta’sir qiladi – davlat idora va tashkilotlariga tavsiyalar berildi.
Anomal issiqdan saqlanish uchun qanday choralar ko‘rish kerak?
Eski Jigulidan yangi Kobaltga – utilizatsiya bo‘yicha loyiha qayta ko‘rib chiqilmoqda (video).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Ispaniya Fransiyaga qarshi o‘yinda nimani isbotladi?
Shavkat Mirziyoyev Qatarga tashrif buyurdi.
Qo‘shtepa masalasini Afg‘onistonga siyosiy bosim o‘tkazish orqali hal etib bo‘lmaydi – sobiq elchi.
Instagram profilingiz ochiqmi? Meta sizning rasmlaringizdan foydalanyapti!
Avtomobil sanoatida «aqlli» ekranlar davri tugayaptimi?
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdi.
Eron qaysi davlat rahbarlaridan qasos olmoqchi ekani ochiqlandi.
Eron besh davlatdagi AQSh bazalariga hujum qildi: tafsilotlar.
Madaniyat vazirligi rahbariyatida qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Dushanba kuni dollar kursi keskin qimmatlaydi.
Baxtiyor Sheraliyev, biolog-ixtiolog / genetik.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali 2017 yilning 27 dekabrida elektron OAV sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Guvohnoma raqami: 156697. Muassis: «Xabar» gazetasi tahririyati. Tahririyat manzili: 100000, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Navoiy 30. Mas’ul muharrir Abdug‘ani Abdurahmonov. Elektron manzil: [email protected]. Materiallarimizdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda «Foydalanish shartlari»ga amal qilinishi shart. Barcha huquqlar O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari to‘

