Andijonda Isuzu velosipedchini urib yubordi
Yo‘lning birinchi tasmasida harakatlanayotgan velosipedchi keskin ravishda chap tomonga chiqib ketib, Isuzu bilan to‘qnashgan.

Andijonda Isuzu yuk mashinasi velosipedchini urib yubordi
Andijon shahrida yuk mashinasi va velosiped ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 6-avgust kuni tushki soat 13:00 atrofida sodir bo‘lgan.
Andijon shahrining Pirmuhammedov ko‘chasida X.G‘. ismli haydovchi Isuzu rusumli avtomobilni boshqarib ketayotganida, u bilan bir yo‘nalishda, yo‘lning birinchi qatorida harakatlanayotgan velosipedchi to‘satdan chapga burilgan va Isuzu bilan to‘qnashgan.
Natijada velosipedchi tan jarohatlari olgan va tibbiy ko‘rik hamda zarur yordam olish uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filialiga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

