1 sentyabrdan avtobusga chiqiboq yo‘lkira haqini to‘lash shart bo‘ladi
Agar yo‘l haqi avtobusga chiqish vaqtida to‘lanmasa, yo‘lovchi chiptasiz harakatlanayotgan deb hisoblanadi va bu jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab barcha shahar avtobuslarida yo‘lkira haqini to‘lash tartibi o‘zgaradi. Brutto-shartnoma asosida ishlaydigan avtobuslarda yo‘lovchilar transport vositasiga chiqqan zahoti yo‘lkira haqini to‘lashlari majburiy bo‘ladi.
To‘lovni amalga oshirish uchun transport yoki ijtimoiy kartani validatorga tekkizish, shuningdek, bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz to‘lov usullaridan foydalanish mumkin.
Agar yo‘lovchi avtobusga chiqqanida yo‘lkira haqini to‘lamasa yoki imtiyozini tasdiqlamasa, u chiptasiz yo‘lovchi hisoblanadi va bu holat jarimaga tortilishiga olib kelishi mumkin.

