Özbekistondagi yirik MFTlar sektor aktivlarining 99 foizini jamlagan
2026 yil 1 oktyabrda Özbekistonda 142 ta MFT faoliyat yuritgan. Sektorning 21,75 trln sömlik aktivlarining qariyb 99 foizi yirik taşkilotlarga töğri kelgan.

O‘zbekistondagi yirik MFTlar sektor aktivlarining 99 foizini jamlagan
2026 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami aktivlari 21,75 trln so‘mni tashkil etuvchi 142 ta mikromoliya tashkiloti (MFT) faoliyat yuritgan. Ushbu mablag‘ning qariyb 99 foizi har birining aktivlari 10 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan bozordagi 86 ta yirik ishtirokchi hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki xabar berdi.
Yirik tashkilotlarning aktivlari 21,54 trln so‘mni tashkil etgan. Qolgan 56 ta MFTning jami aktivlari esa 216 mlrd so‘mdan biroz ko‘proq. Aktivlari 5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan 39 ta tashkilot 96,5 mlrd so‘mga, aktivlari 5 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan yana 17 ta tashkilot esa 119,6 mlrd so‘mga ega.
Kreditlash sohasida ham shunga o‘xshash holat kuzatiladi. Kreditlar va mikrolizing shaklida ajratilgan 19,47 trln so‘mning 19,35 trln so‘mi yirik MFTlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Aktivlari 5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tashkilotlarning kredit portfeli 49,2 mlrd so‘mni, o‘rta guruhdagi tashkilotlarniki esa 74,9 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Mikromoliya sektori jami kapitali 4,49 trln so‘mga yetgan bo‘lib, shundan 4,33 trln so‘mi yirik tashkilotlarga tegishli. Ularning ustav kapitali 2,03 trln so‘mni, sektor bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich esa 2,18 trln so‘mni tashkil qiladi. Kichik MFTlarning kapitali 80,4 mlrd so‘mga, o‘rta guruhdagi tashkilotlarniki esa 74,1 mlrd so‘mga teng.
Majburiyatlar ham asosan yirik kompaniyalarda jamlangan. Sektorning 17,27 trln so‘mlik jami majburiyatlaridan 17,20 trln so‘mi 86 ta yirik tashkilot hissasiga to‘g‘ri keladi. Ular jalb qilgan kreditlar, qarzlar va lizing mablag‘lari 13,72 trln so‘mlik umumiy bozor ko‘rsatkichining 13,67 trln so‘mini tashkil etgan. Kichik MFTlarning majburiyatlari 16,1 mlrd so‘mdan, o‘rta guruhdagi tashkilotlarniki esa 45,5 mlrd so‘mdan oshmaydi.
Markaziy bank baholashiga ko‘ra, bozor ishtirokchilari soni nisbatan ko‘p bo‘lishiga qaramay, moliyaviy faoliyatning asosiy hajmi aktivlari 10 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda shakllanmoqda. Regulyator ta’kidlashicha, ushbu ma’lumotlar mikromoliya xizmatlari bozorining ham ko‘lamini, ham tarkibini aks ettiradi.

