Özbekiston tijorat banklari aktivlari 20,5 foizga oşdi
2026 yil 1 oktyabr holatiga Özbekiston tijorat banklari aktivlari bir yilda 20,5 foizga ösdi. Xususiy banklar uluşi 39,2 foizga yetdi.

Özbekiston tijorat banklari aktivlari 20,5 foizga oşdi
2026 yil 1 oktyabr holatiga görä, Özbekiston tijorat banklarining jami aktivlari 1 044,8 trln sömni tashkil etdi. Bu körsatkich bir yil ichida 20,5 foizga oşgan. 2025 yil 1 oktyabrda banklar aktivlari 866,8 trln söm darajasida edi. Bu haqda Özbekiston Markaziy banki ma’lum qildi.
Davlat ulushi bölmagan banklar aktivlarini eng yuqori sur’atda oşirdi. Ularning aktivlari 36,2 foizga ösib, 410 trln sömga yetdi. Davlat ulushi mavjud banklarda esa ösiş 12,2 foizni tashkil etib, aktivlar 634,9 trln sömga yetdi. Natijada xususiy banklar segmentining tizim jami aktivlaridagi ulushi 34,7 foizdan 39,2 foizga kötarildi.
Balansdagi xorijiy valyutadagi aktivlar ulushi qisqarmoqda. Bir yil ichida ular atigi 6 foizga ösib, 352,7 trln sömga yetdi. Ularning jami aktivlardagi ulushi esa 38,4 foizdan 33,8 foizga tushdi.
Aktivlarning asosiy qismini hanuz kreditlar tashkil etmoqda. Sof kredit portfeli 13,1 foizga ösib, 638,1 trln sömga yetdi. Biroq uning aktivlar tarkibidagi ulushi 65,1 foizdan 61,1 foizga kamaydi. Bu investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlarga yönaltirilgan mablağlarning tezroq ösişi bilan boğliq. Bir yil ichida ushbu yönalişdagi mablağlar 93,4 foizga köpayib, deyarli ikki barobar oşdi va 155,6 trln sömga yetdi. Natijada mazkur aktivlar turining umumiy aktivlardagi ulushi 9,3 foizdan 14,9 foizga kötarildi.
Banklarning Markaziy bankdagi mablağlari 33,7 foizga ösib, 36,2 trln sömni tashkil etdi. Kassadagi naqd pullar 11,7 foizga köpayib, 30 trln sömga yetdi. Olinişi lozim bölgan hisoblangan foizlar miqdori esa 47,2 foizga ösib, 39,1 trln sömni tashkil qildi. Shu bilan birga, norezident banklarga talablar 18,8 foizga qisqarib, 44,9 trln sömga, rezident banklarga talablar esa 3,2 foizga kamayib, 29,2 trln sömga tushdi.
Passivlar tarkibida banklarning majburiyatlari 21,1 foizga ösib, 891,9 trln sömga yetdi. Öz kapitali esa 17,3 foizga köpayib, 152,9 trln sömni tashkil etdi.
Bank tizimida yuqori darajadagi konsentratsiya saqlanib qolmoqda. Faoliyat yuritayotgan 35 ta tijorat bankidan 12 tasining aktivlari 30 trln sömdan oshadi.
Ushbu 12 ta bank jami 821,9 trln sömlik aktivlarga ega bölib, bu tizimdagi barcha aktivlarning 78,7 foizini tashkil etadi. Yana 11 ta bankning aktivlari 10 trln sömdan 30 trln sömgacha bölib, ularning jami aktivlari 181,5 trln sömga teng. Olti bankning aktivlari 3 trln sömdan 10 trln sömgacha bölib, jami 34,2 trln sömni tashkil qiladi.
Aktivlari 3 trln sömgacha bölgan eng kichik oltita bankning jami aktivlari esa 7,2 trln sömga teng.

