Özbekistonda töqqiz oyda 270,8 ming tonna baliq ovlandi
2026 yil yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 270,8 ming tonna baliq ovlandi. Toşkent viloyati hududlar orasida birinçi örinni egalladi.

O‘zbekistonda to‘qqiz oyda 270,8 ming tonna baliq ovlandi
2026 yil yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda 270,8 ming tonna baliq ovlandi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 5,8 foizga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Baliq ovlash hajmi bo‘yicha Toshkent viloyati yetakchilik qildi. Hududda to‘qqiz oy davomida 43 ming tonna baliq ovlangan. Ikkinchi o‘rinni 38,4 ming tonna ko‘rsatkich bilan Xorazm viloyati, uchinchi o‘rinni esa 32,8 ming tonna baliq ovlangan Jizzax viloyati egalladi.
Buxoro viloyatida baliq ovlash hajmi 23,1 ming tonnani, Andijon viloyatida 22,7 ming tonnani tashkil etdi. Sirdaryo viloyatida 20,2 ming tonna, Farg‘ona viloyatida esa 18,5 ming tonna baliq ovlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkich 16,2 ming tonnaga yetdi. Samarqand viloyatida 15,9 ming tonna, Navoiy viloyatida esa 14,7 ming tonna baliq ovlangan.
Hududlar orasida eng kam baliq ovlash hajmi Namangan viloyatida — 10,4 ming tonna, Surxondaryo viloyatida — 10,2 ming tonna va Qashqadaryo viloyatida — 4,7 ming tonna qayd etildi.

