Yil boshdan buyon O‘zbekistondan 6 mingdan ortiq kishi xorijga ko‘chib ketdi
2026-yilning 9 oyi mobaynida O‘zbekistondan xorijga 6 398 kishi ko‘chib ketgan. Shuningdek, mamlakatga chet eldan

Yil boshidan beri O‘zbekistondan 6 mingdan ortiq kishi xorijga ko‘chib ketdi
2026-yilning ilk to‘qqiz oyida O‘zbekistondan jami 267 144 kishi ko‘chib ketgan.
Shundan 260 746 nafari mamlakatning boshqa hududlariga, 6 398 nafari esa xorijiy davlatlarga ko‘chgan.
Mazkur davrda O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar soni 262 860 nafarni tashkil etgan. Ularning 260 746 nafari mamlakatning boshqa hududlaridan, 2 114 nafari xorijdan kelgan.
Yillar bo‘yicha solishtirilganda, 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida xorijga ko‘chib ketganlar soni 2025-yilning shu davridagi 7 585 nafardan kam bo‘lgan. 2024-yilda bu ko‘rsatkich 8 374 nafarni, 2023-yilda 14 666 nafarni, 2022-yilda esa 3 152 nafarni tashkil etgan.
Xorijdan O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar soni 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida 2 114 nafar bo‘lib, 2025-yildagi 1 133 nafardan yuqori bo‘lgan. 2024-yilda 1 736 nafar, 2023-yilda 2 262 nafar va 2022-yilda 1 489 nafar kishi xorijdan ko‘chib kelgan.
2026-yil yanvar–sentyabr oylarida Toshkent shahriga jami 91 142 kishi ko‘chib kelgan, 65 072 kishi esa boshqa hududlarga yoki xorijga ko‘chib ketgan.
Toshkent viloyatida ko‘chib kelganlar 36 968 nafarni, ko‘chib ketganlar 39 071 nafarni tashkil etgan. Samarqand viloyatida esa 15 770 kishi ko‘chib kelgan, 18 950 kishi ko‘chib ketgan.
Qashqadaryo viloyatida ko‘chib kelganlar soni 13 011 nafar, ko‘chib ketganlar esa 18 539 nafar bo‘lgan. Navoiy viloyatida bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 13 992 va 15 401 nafarni tashkil etgan.

