Özbekiston va Gruziyaning Blanco kompaniyasi qoğoz mahsulotlari işlab çiqariş böyiça hamkorlik qiladi
Özbekiston va Gruziyaning Blanco kompaniyasi sellyuloza asosida qoğoz-gigiyena mahsulotlari işlab çiqariş, investitsiya loyihalari va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirişga kelişdi.

Oʻzbekiston va Gruziyaning Blanco kompaniyasi qogʻoz mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qiladi
Oʻzbekiston va Gruziyaning Blanco kompaniyasi qogʻoz-gigiyena mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.
Tegishli kelishuv 30 oktyabr kuni Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Xurram Teshabayevning Blanco bosh direktori Teymuraz Dalakishvili bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha imzolandi.
Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri Oʻzbekistonda sellyuloza asosida qogʻoz-gigiyena mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘ldi.
Blanco kompaniyasi 2007 yildan buyon Gruziya bozorida faoliyat yuritadi va qogʻoz-gigiyena mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Kompaniya mahsulotlari assortimenti 100 dan ortiq turdagi tovarlarni, jumladan, hojatxona qogʻozi, qogʻoz sochiqlar va salfetkalarni oʻz ichiga oladi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Blanco oʻrtasida imzolangan kelishuv uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish, qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ishlab chiqarish kooperatsiyasini kengaytirishni nazarda tutadi.
Tomonlar erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlarni ham kelishib oldi.

