Mahalliy

Özbek tili şunçalik boyki, bu sözlarni eşitib hayratlanasiz!

Uzoqovoz, oqtelpak, badinjon, ... Kundalik hayotimizda ishlatadigan so‘zlarimizning o‘zbekcha muqobillarini bilamizmi? Keling, ona tilimizning biz

O‘zbek tili shu qadar boyki, bu so‘zlarni eshitib hayratda qolasiz!

Siz qo‘lingizdan sira tushirmaydigan, bugungi kunda asosiy ish qurolingizga aylangan telefon o‘zbek tilida qanday atalishini bilasizmi?

Telefon — uzoqovoz, deyarli har kuni do‘konda ishingiz tushadigan terminal esa chegara deb nomlanadi.

Kompyuter — hisoblagich, klaviatura — tugmalar taxtasi, aeroport — bandargoh, styuardessa — mehmondo‘st, samolyot — uchoq, vertolyot — parrakli uchoq, raketa — kichik urchuq bo‘ladi o‘zbekchada.

Siz zebrani ko‘raman deb zooparkka boradigan hayvon esa aslida yovvoyi eshak, jirafa — bo‘yinoyoq, begemot — suv ayg‘iri, karkidon esa birshox ekanini sizga hali hech kim aytmagani turgan gap.

Ofitsiantning girgitton ekanini ko‘pchilik bilsa kerak. Ammo restoranning qayta tiklovchi deb atalishini hamma ham bilavermaydi.

Yangi yilni yodga soluvchi mandarin aslida maslahatchi, apelsin — po‘rtaxol, limon — turinj, ananas — qarag‘ay olmasi, banan — muz, anor — donodor, malina — mo‘ymurch, kartoshka — yerolma, pomidor — qizilo‘ngi, baqlajon — badinjon, popkorn — oqtelpak, xolodes esa qotirma deyilishini-chi?

Sevimli shokoladingiz achchiq suv, spirt esa achitqi suv bo‘lishini eshitganmisiz? Hech bo‘lmasa, oy oxirigacha ishlatib turish uchun ishxonadan bo‘nak olgandirsiz?

Xullas, o‘zbek tili biz o‘ylagandan-da boy, jozibador va ulkan imkoniyatlarga ega til. Ba’zan xorijiy atamalarga shunchalik ko‘nikib ketamizki, ularning o‘z tilimizdagi muqobillarini izlash, o‘rganish va kundalik hayotimizda qo‘llash kerakligini ham unutib qo‘yamiz.

Bugun o‘zbek tilimizga 37 yil to‘ldi. Yillar o‘tgani sayin tilimizning imkoniyatlarini chuqurroq anglayotgan, uning boyligi va jozibasini qadrlayotgan, sof o‘zbekcha so‘zlarni o‘rganishga va ommalashtirishga intilayotgan yoshlar safining kengayib borayotgani quvonarli.

Zero, tilni sevish — uni faqat e’zozlash emas, balki o‘rganish, asrash, boyitish va kundalik hayotda undan faol foydalanish hamdir. O‘zbek tilining ertasi bugun uni qanchalik qadrlashimizga, kelajak avlodga qay darajada yetkazishimizga bog‘liq.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.