Zoʻravon tarbiyachi va pedagoglar bir yilga taʼlimdan chetlatiladi
Yangi qonunga binoan, taʼlim tashkilotlaridagi tarbiyachi yoki pedagog bolaga jismoniy yoki ruhiy zoʻravonlik qilsa va uning harakatlarida jinoyat alomatlari yoʻq deb topilsa, maʼmuriy jarimaga tortiladi va bir yil muddatga pedagogik faoliyatdan chetlatiladi.

Zoʻravon tarbiyachi va pedagoglar bir yilga taʼlimdan chetlashtiriladi
Oʻzbekistonda bolalarga nisbatan taʼlim tashkilotlarida sodir etilgan zoʻravonlik holatlari uchun javobgarlik joriy etildi. Tegishli qonun 11-sentabr kuni prezident tomonidan imzolandi.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, taʼlim tashkilotida voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish majburiyati yuklatilgan shaxs tomonidan:
🔹 tarbiya va taʼlim berish jarayonida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jismoniy zoʻravonlik sodir etish, shuningdek uni kamsitish yoki xoʻrlash kabi harakatlarda namoyon boʻladigan tahqirlash, agar jinoyat alomatlari hamda belgilangan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud boʻlmasa, –
1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.
Shuningdek, pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zoʻravonlikka oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslarning 1 yil muddat davomida quyidagi taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmasligi belgilandi:
Mazkur qonunga binoan, davlat yoki nodavlat muassasalarining toʻliq taʼminotida boʻlgan voyaga yetmagan bolaga aliment toʻlashi shart boʻlgan otani yoki onani aliment toʻlashdan ozod qilishga yoʻl qoʻyilmasligi koʻzda tutildi.
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola foydasiga ota-onadan yoki ularning biridan undirilishi belgilangan aliment miqdorini kamaytirish boʻyicha ishlarda

