Mahalliy

Oʻzbekistonda tarbiyachi yordamchisiga oid yangi tartib taklif qilinmoqda

Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi tarbiyachi yordamchisi lavozimini pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatiga kiritish taklif etilmoqda. Tegishli qaror loyihasiga koʻra, bu tartib xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega boʻladi.

Oʻzbekistonda tarbiyachi yordamchisi bo‘yicha yangi tartib taklif etilmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini tayyorladi.

Hujjat «Pedagogning maqomi toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq ishlab chiqilgan.

Loyiha orqali 2026-yil iyun oyida tasdiqlangan Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatini kengaytirish taklif qilinmoqda.

Xususan, roʻyxatga «Maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachi yordamchisi» lavozimini kiritish nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, hujjatda ushbu lavozimning xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega boʻlishi belgilangan.

Bundan tashqari, roʻyxatning 30-pozitsiyasini yangi tahrirda bayon etish taklif qilingan. Unga koʻra, mazkur pozitsiyada «Huquqshunoslik boʻyicha professor-oʻqituvchi» lavozimi koʻrsatiladi.

Qaror loyihasi Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.

Loyihaga koʻra, qaror qabul qilinsa, u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.