Zelenskiy o‘zining sobiq matbuot kotibiga sanksiya qo‘lladi

Zelenskiy o‘zining sobiq matbuot kotibiga sanksiya joriy qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendelga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Tegishli farmon prezident saytida e’lon qilindi.
Farmonda sobiq matbuot kotibi Ukraina haqida dezinformatsiya tarqatayotgani qayd etilgan.
“Xususan, sanksiyalar Yuliya Mendelga nisbatan joriy etildi”, deyiladi xabarda.
Mendel esa vaziyat yuzasidan Facebook’dagi sahifasida izoh berdi. Uning aytishicha, sanksiyalar Yevropa parlamentidagi nutqidan bir necha kun oldin joriy etilgan.
“Ukraina fuqarolariga qarshi sanksiyalar Zelenskiyning boshqa ko‘plab qarorlari kabi konstitutsiyaga ziddir. Zelenskiy ulardan Ukrainada tinchlik tarafdori bo‘lgan har kimga qarshi foydalanadi. Men Taker Karlson bilan bo‘lgan intervyum munosabati bilan ‘davlatga xiyonat’ ayblovi tayyorlanayotgani va sanksiyalar joriy etilishi mumkinligini taxmin qilgandi. Bu mening pozitsiyamni va millionlab ukrainaliklarning pozitsiyasini o‘zgartirmaydi. Ukraina omon qolishi uchun yana bir diktatura emas, balki tinchlik kerak, hatto bu Zelenskiy diktaturasi bo‘lsa ham”, deyiladi Mendelning munosabatida.
Yuliya Mendel 2019-yil 3-iyundan 2021-yil 9-iyulgacha Zelenskiyning matbuot kotibi bo‘lgan. U ishdan bo‘shatilgach, prezident va uning jamoasi haqida bir qator qarshi bayonotlar bergan. May oyida u amerikalik jurnalist Taker Karlsonga intervyu berib, Zelenskiy 2022-yilda Rossiya bilan muzokaralarda Donbassni “berishni” taklif qilganini aytgandi.

