«Zapravka»da maişiy gaz ballonini töldirganlik uçun jarima joriy etiladi
Avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalarida propanni maişiy gaz balloniga töldirib beriş taqiqlandi. Qoidabuzarlik uçun 2,2 million sömgaça jarima belgilanadi.

«Zapravka»da maishiy gaz ballonini to‘ldirganlik uchun jarima joriy etiladi
Unga ko‘ra, suyultirilgan uglevodorod gazini (propan) iste’molchiga avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi tomonidan maishiy gaz ballonida berish taqiqlanadi.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks tegishli modda bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra, suyultirilgan uglevodorod gazini iste’molchiga avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi tomonidan maishiy gaz ballonida berish BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 320 ming so‘mdan 2,2 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qonun uch oydan keyin kuchga kiradi.

