Zangiotada uch fuqaro tadbirkordan 20 ming dollar undirib oldi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Zangiota tumanida uch nafar fuqaro tadbirkordan 20 ming dollar olgan. Ular qurilish pudratlarini olib berishda yordam berishni vaʼda qilishgan. Fuqarolar 100 ming dollar evaziga IIVning toʻrtta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruktsiya qilish ishlarini tashkillashtirib berishni taklif qilishgan. Ishlarning umumiy qiymati 60 mlrd soʻmni tashkil etgan. Ular ushbu masalani yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berishni aytishgan. 20 ming dollarni olayotgan vaqtda ular […]

Zangiotada uch nafar fuqaro tadbirkordan 20 ming dollar undirib oldi
Zangiota tumanida uch nafar fuqaro tadbirkordan 20 ming dollar olgan, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi Departament. Ular qurilish pudratlarini olishda yordam berishni vaʼda qilishgan.
Fuqarolar 100 ming dollar evaziga IIVning toʻrtta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruktsiya qilish ishlarini tashkillashtirib berishni taklif qilishgan. Ishlarning umumiy qiymati 60 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Ular ushbu masalani yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berishni daʼvo qilishgan. 20 ming dollar olayotgan vaqtda ular ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

