Mahalliy

Zangiotada mashhur brendlar nomi tushirilgan minglab idishlar topildi

Zangiota tumanida yashirin tsex tashkil etib, mashhur brendlar nomi ostida gigiyenik kosmetika va maishiy kimyo vositalari ishlab chiqarish holati fosh etildi. Tsexdan 2 tonna AZELIT suyuqligi, 200 litr CLEAR shampuni hamda turli brendlar nomi tushirilgan minglab bo‘sh idishlar topilgan.

Zangiota tumanida mashhur brendlarning nomlari tushirilgan minglab idishlar topildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Zangiota tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqarolar N.Sh. va avval sudlangan Q.N. "Nayman" MFY hududidagi binolardan birida yashirin tsex tashkil etib, gigiyenik kosmetika va maishiy kimyoviy vositalar ishlab chiqarayotgani aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida ushbu tsexda 2 tonna AZELIT suyuqligi va 200 litr CLEAR shampuni musodara qilindi. Shuningdek, Elseve nomli 4 800 dona, AZELIT nomli 2 040 dona va CLEAR nomli 1 400 dona bo‘sh idishlar topildi. Bundan tashqari, 79 ta o‘ramda olti turdagi tovar belgisi etiketkalari hamda mahsulot ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa vositalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-11-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan bog‘liq jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.