Yurtning uyğonişiga nima xalaqit bergandi? | 5 daqiqa
Ayol tandirdan uzilgan nonni supaga qöyib, yiğlayotgan bolasidan xabar oladi. Qaytib çiqsa, nonni muşuk olib qoçibdi. Eri esa şu sabab uni kaltaklaydi. Ayol adolat izlab qozixonaga boradi. Oqibatda bir burda non uçun er qamaladi, ayol yetim qolişi mumkin bölgan farzandini öylaydi. Qozi erni afv etadi. Ammo buning uçun qança pul sarflanganini eşitsangiz, muşuk haqiqiy öğri emasligini tezda anglaysiz...

Yurtning uyg‘onishiga nima to‘sqinlik qilgandi? | 5 daqiqa
1912-yilda Istanbulda chop etilgan qissa hindistonlik musulmon tilidan hikoya qilinadi. Biroq bu sayyoh aslida Fitratning o‘zi. Muallif o‘z yurtiga go‘yo begona odamning ko‘zi bilan nazar tashlaydi.
Sayyoh Buxoroga kelishidan oldin shahar haqida ko‘p maqtovlar eshitgandi. Ammo shaharga kirishi bilanoq unda ko‘plab savollar tug‘iladi. Kech kirgani uchun darvoza oldida qoladi. Qizig‘i, musulmonlar ichkariga kiritilmaydi, armanilar va yahudiylarga esa ruxsat beriladi. Hatto armanining iti ham darvozadan o‘tadi. Sayyoh bu holatning sababini so‘raganida, yosh yigit birgina so‘z bilan javob beradi: «Jaholat!»
Musofir Buxoro aholisini uch toifaga ajratadi: ulamo, umaro va fuqaro. Asar voqealari shu uch qatlamning jamiyatdagi o‘rni, mas’uliyati va bir-biriga munosabatini ochib beradi.
Bir vaqtlar Ibn Sino va Forobiy kabi allomalarni dunyoga bergan Buxoroda ilmning qadri tushgandi. Yigirma yil tahsil olib, yana yigirma yil dars bergan ayrim diniy mansab egalari zamonaviy ilm-fandan bexabar edi.
Hukmdorlar va amaldorlar mansab talashish, xalq molini o‘zlashtirish, oddiy odamlarning haq-huquqini poymol qilish bilan band edi. Fuqaro esa bu ikki qatlam orasida o‘z haqini talab qilishga ham qiynalib yashardi.
Endi so‘zimiz avvalidagi hikoyaning davomini eshiting. Qozi avval ayolning erini jazolashga qaror qiladi. Tin eridan shikoyat qilgan bo‘lsa-da, uni qamatmaslikni so‘raydi.
Ertasi kuni sayyoh bu voqeaning davomi bilan qiziqadi. Ma’lum bo‘lishicha, kechasi qozining o‘ziga ikki ming tanga, uning mulozimlari, rais va hokim odamlariga bir yarim ming tanga berilgan ekan. Shundan keyingina er ozod qilingan. Bu mablag‘ni topish uchun anavi qashshoq oila yerini sotgandi.
Sayyoh Qarshida hunarmand bilan suhbatlashadi. Ustaning ishi yaxshi edi. Ammo sayyoh undan hunari o‘n-o‘n ikki yildan keyin ham saqlanib qolishi uchun nima qilayotganini so‘raydi.
Usta bu haqda o‘ylab ko‘rmagandi. Sayyoh esa bir vaqtlar Turkistonda kiyim-kechakdan tortib, idish-tovoqqacha o‘zimizda ishlab chiqarilganini, keyin Yevropa fabrikalarining arzon va chiroyli mahsulotlari bozorni egallab, mahalliy hunarmandlarni kasbidan ayirganini eslatadi.
Qarshidagi dehqonchilikning ahvoli ham yaxshi emasdi. Yerlar unumdor bo‘lsa-da, amlokdorlarning o‘zboshimchalik bilan soliq undirishlari, eski usullar va zamonaviy bilim yetishmasligi sababli ulardan to‘liq foydalanilmasdi.

