Yoqilg‘i-energetika sohasida yagona raqamli platforma joriy etiladi
Platforma 2027-yil 1-iyuldan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi faoliyatining shaffofligi, tezkorligi va samaradorligini ta’minlash

Yoqilg‘i-energetika sohasida yagona raqamli platforma joriy etiladi
Yoqilg‘i-energetika tarmog‘i yanada rivojlantiriladi.
«Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Prezident Farmoni (PF–202-son, 22.09.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Energetika vazirligi (Vazirlik) tomonidan yoqilg‘i-energetika tarmog‘i korxonalari va iste’molchilariga shartnomaviy, xizmat ko‘rsatish va boshqa xo‘jalik munosabatlari bo‘yicha individual tusdagi ruxsatnomalar berish amaliyoti bekor qilinadi.
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (Regulyator) zimmasiga elektr energiyasi bilan birga tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotida ham bozor tamoyillarini bosqichma-bosqich shakllantirish hamda tartibga solish vazifalari yuklatiladi.
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga (Inspeksiya) qoidabuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish, xavflarni erta aniqlashga yo‘naltirilgan preventiv nazorat modeliga asoslangan vazifalar yuklatiladi.
Yoqilg‘i-energetika tarmog‘i korxonalari tegishliligi bo‘yicha yoqilg‘i-energetika resurslarini qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, uzatish, taqsimlash, yetkazib berish va sotish bo‘yicha xo‘jalik (tijorat) faoliyatini amalga oshirish vazifasini bajaradi.
2027-yil 1-iyuldan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi faoliyatining shaffofligi, tezkorligi va samaradorligini ta’minlash maqsadida Yoqilg‘i-energetika sohasida idoralararo tarif komissiyasining yagona raqamli platformasi (Raqamli platforma) joriy etiladi.

