Dunyo

Yevropada bir kunda 7 ta samolyotga bomba tahdidi qilindi

Yevropada 3-noyabr kuni kamida yettita yölovçi samolyoti bortida portlovçi qurilma borligi haqida xabarlar kelib tuşdi. Tekşiruvlar natijasida ularning barçasi yolğon ekani aniqlandi. Hodisalardan biri sabab Varşava yaqinidagi aeroport vaqtinça yopildi.

Yevropada bir kunda 7 ta samolyotga bomba tahdidi bildirildi

Reuters agentligiga tayanib DW xabar berishicha, samolyotlarning barchasi Yevropa shaharlari o‘rtasidagi reyslarni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Ularning to‘rttasi Irlandiyaning Ryanair aviakompaniyasiga tegishli.

Samolyotlarning ikkitasi Varshavaga, yana ikkitasi Sofiyaga, ikkitasi Rimga va bittasi Ispaniyaning Mursiya shahriga uchayotgan bo‘lgan.

Polshaning LOT aviakompaniyasiga tegishli, Londondan Varshavaga uchgan samolyot Shopen nomidagi asosiy aeroport o‘rniga shahar yaqinidagi Varshava-Modlin aeroportiga yo‘naltirilgan. Layner qo‘ngach, uni tekshirish davomida aeroport vaqtincha yopilgan.

Kopengagendan Varshavaga kelgan Scandinavian Airlines (SAS) samolyoti esa Shopen aeroportiga qo‘ngan. Bort tekshirilganda hech qanday xavfli buyum topilmagan.

Sofiyaga uchayotgan yana ikki samolyot bo‘yicha ham bomba haqida xabar olingan. Ulardan biri Dublindan uchgan Ryanair, ikkinchisi esa Milan-Bergamo aeroportidan yo‘lga chiqqan Vengriyaning Wizz Air aviakompaniyasi samolyoti bo‘lgan.

Shuningdek, Ryanair aviakompaniyasining Mursiyaga qo‘ngan bitta va Rimga Lissabon hamda Dublindan kelgan ikkita samolyoti ham tahdidlar sabab tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Bundan bir kun avval, 2-noyabr kuni ham shunga o‘xshash hodisa yuz bergan. Londondan Sofiyaga uchgan Wizz Air samolyoti bortida bomba borligi haqidagi xabardan so‘ng Budapesht aeroportiga favqulodda qo‘ngan. Uni Vengriya qiruvchi samolyoti kuzatib borgan. Tekshiruvda portlovchi modda izlari topilmagan.

Aviatsiya sohasidagi xavflarni tahlil qiluvchi Osprey Flight Solutions konsalting kompaniyasi tahliliy bo‘limi rahbari Ris Jonsning fikricha, bunday xabarlardan maqsad umuman aviaqatnovlarni izdan chiqarish bo‘lgan.

«Aniq nishon — muayyan davlat, aviakompaniya yoki yo‘nalish yo‘qligi maqsad umuman aviaqatnovlarni izdan chiqarish bo‘lganidan dalolat beradi», - degan u Reuters agentligiga.

Yolg‘on xabarlar ortida kim turgani hozircha ma’lum emas.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.