Mahalliy

Yekaterinburgda ogʻir ahvolda qolgan oʻzbekistonlik vatanga qaytarildi

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida ogʻir jarohat olib, moddiy qiyinchilikka duch kelgan Oʻzbekiston fuqarosi diplomatlar koʻmagida vatanga qaytarildi. Unga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirilib, Migratsiya agentligi jamgʻarmasi hisobidan Toshkentga aviachipta xarid qilindi.

Yekaterinburgda ogʻir ahvolga tushib qolgan oʻzbekistonlik vatanga qaytarildi

Toshkent viloyatida tugʻilgan A.D. 8-sentabr kuni Oʻzbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga yordam soʻrab murojaat qildi.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro 2026-yil yanvar oyida vaqtincha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida Sverdlovsk viloyatiga borgan. Biroq iyul oyida vaqtincha yashash joyida yiqilib, umurtqa pogʻonasidan ogʻir jarohat olgan.

Mablagʻi yetishmagani sababli u zarur davolanish kursidan oʻta olmagan va mehnat faoliyatini davom ettirish imkoniyatidan mahrum boʻlgan. Bundan tashqari, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari ham foydalanishga yaroqsiz holga kelgan.

Bosh konsulxona xodimlari vaziyatni oʻrganib, tegishli idoralar bilan hamkorlikda zarur choralarni amalga oshirgan. Fuqaroga Oʻzbekistonga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib berilgan.

Shuningdek, belgilangan tartibda Migratsiya agentligi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan «Yekaterinburg–Toshkent» yoʻnalishidagi aviareysga chipta xarid qilingan.

Natijada u Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi xodimlari kuzatuvida Oʻzbekistonga eson-omon qaytarilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.