Mahalliy

Yashirin kelishuv va mln dollarlik “ulush” – “Oʻzagrolizing”ning sobiq rahbari qamalgani maʼlum boʻldi

“Oʻzagrolizing” AJ boshqaruv raisi boʻlgan Nodir Otajonov 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Jinoiy ish Xitoydan import qilingan paxta terish kombaynlari bilan bogʻliq. Kun.uz tanishgan sud hujjatida Otajonov Xitoy kompaniyasi bilan 100 ta kombayn importi uchun 8 mln dollarlik shartnoma tuzilishini taʼminlash orqali 1 mln 180 ming dollar ulush olgani aytiladi. Otajonov ayblovlarni tan olmagan.

Yashirin kelishuv va mln dollarlik “ulush” – “Oʻzagrolizing”ning sobiq rahbari qamalgani maʼlum boʻldi

“Oʻzagrolizing” AJ sobiq boshqaruv raisi Nodir Otajonov jinoiy jazoga tortilgani maʼlum bo‘ldi. U bilan birga “Inter Agromash” MCHJ taʼsischisi Xaydar Abdushukurov ham sudlangan.

Sud hujjatida qayd etilishicha, Nodir Otajonov 2020-yil 24-noyabrdan 2025-yil 8-aprelga qadar “Oʻzagrolizing” AJ boshqaruv raisi lavozimida ishlagan. U Xitoyda ishlab chiqarilgan, avval ishlatilgan qishloq xoʻjaligi texnikalarini Oʻzbekistonga goʻyoki yangi texnika sifatida olib kirish rejasini tuzgan. Buning orqali bojxona toʻlovlari bo‘yicha imtiyoz olish va texnikalarni lizing shartnomalari asosida mahalliy fermerlarga asl qiymatini oshirgan holda sotib, daromad ko‘rishni maqsad qilgan.

Nodir Otajonov 2024-yil bahor oylarida Xitoyning “Xingiang boshiran Intelligent Agricultural Machinery Co.Ltd” kompaniyasi vakillari bilan norasmiy aloqa o‘rnatgan. Ularga ilgari foydalanilgan va arzonroq bo‘lgan 3 qatorli 100 dona paxta terish kombaynini 2 qatorli “4MZ-2A” rusumli yangi kombayn ko‘rinishida qayta taʼmirlab, har birini 80 ming dollardan Oʻzbekistonga yetkazib berishni taklif qilgan.

Ular bu taklifga rozi bo‘lsa, kombaynlarni import qilish bo‘yicha shartnoma imzolash majburiyatini o‘z zimmasiga olishi evaziga shartnoma umumiy qiymatining 15 foizi miqdorida o‘ziga ulush ajratilishi haqida og‘zaki kelishuvga erishgan.

Biroq Nodir Otajonov paxta terish kombaynlarini bevosita “Oʻzagrolizing” AJga import qilish vakolatiga ega emas edi. Buni yaxshi anglagan boshqaruv raisi o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan “Inter Agromash” MCHJ rahbari Xaydar Abdushukurovni sherik qiladi. Yaʼni, unga o‘z rejasini aytadi.

Shu tariqa ular Xitoy kompaniyasi tomonidan qayta taʼmirlangan paxta terish kombaynlarini MCHJ nomiga import qilib, lizing shartnomalari asosida mahalliy fermerlarga qimmat narxda sotish hamda bojxona imtiyozlari va sotuvdan tushgan foydani o‘zaro taqsimlab olish yuzasidan til biriktirgan.

Xaydar Abdushukurov rejaga ko‘ra va Nodir Otajonovning ko‘rsatmalari asosida 2024-yil 5-iyulda o‘z rahbarligidagi MCHJ nomidan tijorat taklifi tayyorlab, “Oʻzagrolizing”ga yuborgan. Tijorat taklifida har birining qiymati 80 ming dollar bo‘lgan “4MZ-2A” rusumli 100 dona yangi paxta terish kombaynini mahalliy fermerlarga 1 mlrd 650 mln so‘mdan yetkazib berish bayon etilgan. Ammo bu kombaynlar aslida eski va qayta taʼmirlangan bo‘lib, bundan tashqari, 3 qatorli 76 sm oraliq sxemadan 2 qatorli 60 sm oraliq sxemasiga o‘zgartirilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.