Mahalliy

Yaponiya jamgʻarmasi 22 ming oʻzbekistonlikni toza ichimlik suvi bilan taʼminladi va yana 1 million dollar grant mablagʻlari ajratadi

Aholining toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va suv infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan uch yillik JTI WASH Oʻzbekiston loyihasi yakunlari sarhisob qilindi. Uni amalga oshirish davomida 22 mingdan ortiq aholining suv taʼminoti yaxshilandi, deb xabar beradi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati. Loyiha 2023 yildan buyon vazirlik, JTI Foundation va «Taraqqiyot» NNT bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Toʻrtta […]

Yaponiya jamgʻarmasi 22 ming oʻzbekistonlikni toza ichimlik suvi bilan taʼminladi va yana 1 mln dollar grant mablagʻlari ajratadi

Aholining toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va suv infrastrukturasini rivojlantirishga qaratilgan uch yillik JTI WASH Oʻzbekiston loyihasi yakunlari sarhisob qilindi. Uni amalga oshirish davomida 22 mingdan ortiq aholining suv taʼminoti yaxshilandi, deb xabar beradi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati.

Loyiha 2023 yildan beri vazirlik, JTI Foundation va «Taraqqiyot» NNT bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Namangan va Fargʻona viloyatlarining toʻrtta mahallasida 112 km dan ortiq ichimlik suvi tarmoqlari yotqizildi, shuningdek, oltita suv xoʻjaligi inshootida qurilish-montaj ishlari olib borildi.

2026 yil oxirigacha yaxshilangan suv taʼminotidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan aholi sonini 26 mingdan ortiq kishiga yetkazish rejalashtirilgan.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sherzod Xidoyatov chekka hududlar aholisining turmush sifatini yaxshilash, xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va barqaror suv infrastrukturasini yaratishga qoʻshgan hissasi uchun JTI Foundation’ga minnatdorchilik xatini topshirdi.

JTI direktorlar kengashi raisi Sigeaki Okamoto loyihani davom ettirish uchun 1 mln dollar miqdorida qoʻshimcha grant ajratilishini maʼlum qildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.