Mahalliy

Yaponiya O‘zbekistonga kadrlar tayyorlash uchun grant taqdim etdi

Mazkur dastur O‘zbekiston yosh davlat xizmatchilarining mamlakat uchun ustuvor bo‘lgan sohalarda Yaponiya oliy o‘quv yurtlarida

Yaponiya O‘zbekistonga kadrlar tayyorlash uchun grant ajratdi

Yaponiya hukumati beg‘araz yordam dasturi doirasida O‘zbekistonda yosh davlat xizmatchilarining tahsili uchun jami 358 million iyena (taxminan 2,25 million dollar) miqdorida grant berdi.

Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar taqdim etish bo‘yicha almashinuv notasi Toshkentda Yaponiyaning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Kendzi Hirata hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan imzolandi.

Ushbu dastur O‘zbekiston yosh davlat xizmatchilarining mamlakat uchun ustuvor yo‘nalishlarda Yaponiya oliy o‘quv yurtlarida magistratura bosqichida ta’lim olishiga qaratilgan.

Bitiruvchilarning vatanga qaytib, O‘zbekiston taraqqiyotiga xizmat qiluvchi davlat dasturlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishi, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni chuqurlashtirish va do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga hissa qo‘shishi kutilmoqda.

«Yaponiya hukumati ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonda inson resurslarini rivojlantirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni yanada mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettiradi»,

Avval xabar berganimizdek, 2025-yil 20-dekabr kuni Tokio shahrida «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqotining birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi. Oliy darajadagi mashvaratda Markaziy Osiyo davlatlari va Yaponiya o‘rtasida ustuvor sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Sammit davomida, shuningdek, davlat rahbarlarining qo‘shma bayonotida (Tokio deklaratsiyasi) «Tokyo CA+JAD» tashabbusi doirasida inson kapitalini rivojlantirish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan edi.

Yaponiya elchisi Kendzi Hirata ham yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan anjumanda inson resurslarini rivojlantirish va ta’limni ikki davlat hamkorligining asosiy yo‘nalishlaridan biri deb atadi.

Yaponiya an’anaviy ravishda O‘zbekistonga ta’lim grantlari taqdim etib keladi. Mazkur grantlar hisobiga O‘zbekiston vazirlik va idoralarining yuzlab vakillari Kunchiqar o‘lkaning nufuzli universitetlarida tahsil olgan. Ular magistrlik va doktorlik darajalari bilan vatanga qaytib, davlat va xususiy sektor hamda xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.