Yangicha reseyl: Listee Oʻzbekiston bozorini oʻzlashtirmoqda
8 oktyabrda Toshkentda «Listee» kompaniyasi xodimlari uning asoschisi, IT-tadbirkor Vitaliy Tumanov boshchiligida jurnalistlar va blogerlarga oʻzlarining shu nomdagi loyihasini sinov tariqasida ishga tushirish boʻyicha hisobotni taqdim etdilar. «Listee» reseyl-platformasi Oʻzbekistonda 4 avgustda ishga tushirilgan edi va sinov rejimidagi 80 kunlik ish yakunlariga koʻra, dasturchilarning umidlarini oqlagan holda rivojlanishning ijobiy dinamikasini koʻrsatdi. Loyiha qulay […] sifatida oʻylangan edi

Yangicha reseyl: Listee Oʻzbekiston bozoriga kirib kelmoqda
«Listee» reseyl-platformasi Oʻzbekistonda 4 avgust kuni ishga tushdi va test rejimidagi 80 kunlik faoliyati davomida ijobiy dinamikani koʻrsatib, oʻz yaratuvchilarining umidlarini oqladi. Loyiha dastlab Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida keng tarqalgan ijtimoiy tarmoqlar hamda messenjerlardagi C2C-tijoratga (consumer-to-consumer – «isteʼmolchidan isteʼmolchiga») qulay va xavfsiz muqobil sifatida yaratilgan edi.
Vitaliy Tumanov jamoasi oʻz oldiga foydalanuvchilarga firibgarlikdan qoʻrqmasdan mahsulotlarni oson sotib olish va sotuvga qoʻyish imkonini beruvchi servis ishlab chiqish maqsadini qoʻydi. Buning uchun «Listee» platformasini yaratishda ilgʻor raqamli texnologiyalarni, xususan, tavsiyalarni shaxsiylashtirish va eʼlonlarni generatsiya qilishga yordam beradigan sunʼiy intellektni joriy etishga, shuningdek, bitimlarni monitoring qilish va vositachilarni jalb qilish hisobiga yuqori darajadagi xavfsizlikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Prezentatsiyada taqdim etilgan maʼlumotlarga qaraganda, «Listee» platformasi Oʻzbekistondagi onlayn-foydalanuvchilarda katta qiziqish va shov-shuv uygʻotdi. Eng yuqori faollikni Toshkent aholisi, ayniqsa 25-34 yoshdagi yosh foydalanuvchilar koʻrsatdi: ishga tushirilgan paytdan boshlab 80 kun ichida ular eng turli xil mahsulot kategoriyalarida eng koʻp xaridlarni amalga oshirishdi. Yoshi kattaroq foydalanuvchilar xarid qilishda vazminroq boʻlishdi, biroq ayrim kategoriyalarda, masalan, maishiy texnika va bolalar tovarlarida yoshlardan qolishmaydigan faollikni koʻrsatishdi.
«Listee» jamoasi tomonidan olingan maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda eng ommabop mahsulot kategoriyalari kiyim-kechak va elektronika (27%), taʼmirlash uchun tovarlar (17%) hamda bolalar tovarlari (16%) hisoblanadi. Sotuvchilarga kelsak, tahlil shuni koʻrsatdiki, platformada roʻyxatdan oʻtgan har bir sotuvchi kamida ikkitadan eʼlon yaratib boʻlgan. Barcha taqdim etilgan kategoriyalar orasida sotuvchilar soni boʻyicha kiyim-kechak va poyabzal (48%), kosmetika (28%), shuningdek, elektronika va uy-rozgʻor buyumlari (22%) yetakchilik qilmoqda. «Listee» mualliflari tomonidan vaʼda qilingan bitimlarning yuqori darajada himoyalangani ham oʻz samaradorligini koʻrsatdi va foydalanuvchilar tomonidan ijobiy kutib olindi.
Platforma ishga tushirilganda eʼlon qilinganidek, loyiha jamoasi va vositachi-hamkorlar bitimlarning barcha bosqichlarida xavfsizlikni taʼminlamoqda. Xaridorlar va sotuvchilar oʻrtasidagi muloqot faqat ilova ichida amalga oshiriladi — foydalanuvchilarning shaxsiy kontakt maʼlumotlari hech qayerda koʻrinmaydi. Xaridlar uchun toʻlov ham ilova orqali oʻtadi, toʻlangan tovar esa hamkorlikdagi buyurtmalarni berish punktlariga yetkaziladi.
Bundan tashqari, foydalanuvchilarga toʻgʻri tanlov qilishda vaʼda qilingan reyting tizimi ham yordam beradi, u nafaqat umumiy koʻrsatkichlarni, balki bitimlarni amalga oshirish tezligi va eʼlonlarning yozilish sifati kabi tafsilotlarni ham hisobga oladi. Vitaliy Tumanovning oʻzi test tariqasidagi ishga tushirish natijalaridan mamnun va platformaning kelajagi buyuk ekanini koʻrmoqda.
«Dastlabki 80 kun Oʻzbekistonda reseylga qiziqish borligini koʻrsatdi: foydalanuvchilar buyumlarni joylashtirishmoqda va platforma orqali birinchi bitimlarni amalga oshirishmoqda, — deydi u. — Biz mahalliy jamoa bilan birgalikda Listee'ni rivojlantirishda davom etamiz».
Oʻzbekistondagi muvaffaqiyatli start «Listee» jamoasi uchun oxirgi chegara emas: endi platformani butun Markaziy Osiyo boʻylab, keyinchalik esa Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharqda ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bunda oʻzbekistonlik foydalanuvchilar faolligining tahlili davom ettiriladi va ilovaning keyingi rivojlanishida hisobga olinadi.

