Yangi qonun qabul qilingach, latin yozuvidagi oʻzbek alifbosida nimalar oʻzgaradi
2026 yil 21 oktyabrdagi OʻRQ-1184-sonli qonunga koʻra, oʻzbek alifbosida bir nechta harfning yozilishi oʻzgaradi. O‘ va G‘ birikmalari Ö va Ğ harflariga, Sh va Ch esa Ş va Ç harflariga almashtiriladi. Natijada alifbo 28 ta harf va bitta apostrof belgisidan iborat boʻladi. Bunda hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qogʻozlar so […]

Yangi qonun qabul qilinganidan keyin oʻzbek lotin alifbosida nimalar oʻzgaradi
2026 yil 21 oktyabrdagi OʻRQ-1184-sonli qonunga muvofiq, lotin yozuvidagi oʻzbek alifbosida bir qator harflarning yozilishi oʻzgaradi. O‘ va G‘ birikmalari Ö va Ğ harflariga, Sh va Ch esa Ş va Ç harflariga almashtiriladi. Natijada alifbo 28 ta harf va bitta tutruq belgisini (apostrof) oʻz ichiga oladi.
Shu bilan birga, eski yozuvdagi hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qogʻozlar oʻz kuchini saqlab qoladi. Harflarning oldingi variantlaridan davlat organlari ramzlarida, peshlavhalar va koʻrsatkichlarda ham foydalanishga ruxsat beriladi.
Eski belgilarni tegishli obʼyektlar eskirguncha yoki yangi qoidalarga oʻtish uchun belgilangan muddat tugaguncha qoldirish mumkin boʻladi. Qonun rasmiy eʼlon qilinganidan olti oy oʻtgach kuchga kiradi.

