Iqtisodiyot

Yangi qoidalar asosida muddatli toʻlovga sotish

2027 yil 1 yanvardan boshlab muddatli toʻlov хizmatlari operatorlari faoliyati MB tomonidan tartibga solinadi. Yangi qoidalar operatorlarni maхsus reyestrga kiritishni, muddatli toʻlov muddati va qoʻshimcha toʻlovlar miqdorini 12 oy bilan cheklashni, shuningdek iste’molchilarning jarimalar va komissiyalarsiz muddatidan oldin toʻlov huquqini nazarda tutadi.

Prezidentning 2026-yil 14-avgustdagi PQ-294-sonli qarori bilan aholiga muddatli toʻlov xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi choralar belgilandi.

**Asosiy maqsadlar:**

* Muddatli toʻlov xizmatlarini tartibga solish.

* 2027-yil 1-yanvardan boshlab muddatli toʻlov xizmatlari operatorlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

**Muddatli toʻlov xizmati tushunchasi:**

Muddatli toʻlov xizmati deganda, sotuvchiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymatini jismoniy shaxs (iste’molchi) oʻrniga yuridik shaxs tomonidan toʻlanishi tushuniladi. Keyinchalik iste’molchi toʻlangan summani hisoblangan vositachilik haqi (ustama) bilan birga muddatli toʻlov shartlari asosida qoplashi nazarda tutiladi (sotuvchi tomonidan iste’molchiga toʻgʻridan-toʻgʻri realizatsiya qilish hollari bundan mustasno).

**Muddatli toʻlov xizmatlari operatorlari:**

* Banklar va mikromoliya tashkilotlaridan tashqari, muddatli toʻlov xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar muddatli toʻlov xizmatlari operatorlari deb e’tirof etiladi.

* Ushbu faoliyatni amalga oshirish huquqi yuridik shaxs Markaziy bank tomonidan shakllantiriladigan tegishli Reyestrga kiritilganidan keyin yuzaga keladi.

* Koʻchmas mulk, shuningdek qonunchilikka muvofiq muomaladan chiqarilgan yoki muomalada boʻlishi cheklangan boshqa mulk muddatli toʻlov xizmati ob’yekti boʻlishi mumkin emas.

**Muddatli toʻlov xizmatlari shartnomalariga qoʻyiladigan talablar:**

* Muddatli toʻlov xizmati operatoriga moliyaviy iste’mol kreditlarini ajratish hamda jismoniy shaxslardan pul mablagʻlarini jalb qilish (obligatsiyalar chiqarish bundan mustasno) taqiqlanadi.

* Ular Markaziy bankning tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshirishga oid prudensial normativ va talablariga rioya qilishlari, shuningdek mijozlarni raqamli identifikatsiya va verifikatsiya qilishlari shart.

**Tovar iste’mol krediti beruvchi tashkilotlar uchun oʻzgarishlar:**

Chorak yakuni boʻyicha tovar (ishlarni, xizmat)larni realizatsiya qilish aylanmasi 500 million soʻmdan oshgan va unda boʻlib-boʻlib toʻlash xizmati ulushi 50% va undan yuqori qismni tashkil etgan tovar iste’mol krediti beruvchi tashkilotlar (ishlab chiqarish korxonalari bundan mustasno) uchun quyidagi qoida joriy etiladi:

* 2027-yil 1-yanvardan boshlab, qiymati BHMning 3 baravarigacha boʻlgan tovar iste’mol krediti shartnomalari va ularning ijro etilishi holati haqidagi ma’lumotlarni kredit byurolariga taqdim etish talab etilmaydi.

Ushbu hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan boʻlib, 2026-yil 17-avgustdan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.