Mahalliy

Yangi Qarshida xalqaro forumlar uchun kongress-xoll quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Qarshi shahrini barpo etish va Qarshi magistral kanali boʻyida turistik kompleks tashkil etish loyihalari bilan tanishdi, deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati axborotida.

Yangi Qarshida xalqaro forumlar uchun kongress-xoll barpo etiladi

«Yangi shahar qurilishi uchun A-378 «Samarqand – Gʻuzor» avtomobil yoʻli va Shahrisabzga olib boruvchi 4R-79 trassasi oʻrtasida joylashgan 5 ming 200 gektar maydon tanlab olindi. Ushbu hudud past bonitetli, foydalanilmayotgan choʻl va yaylov yerlaridan iborat. Dastlabki bosh reja 500 ming aholiga moʻljallangan»,

—

deyiladi matnda.

Davlat rahbari yangi shaharni istiqbolda 1 million aholiga moʻljallanadigan va Qarshining zamonaviy davomiga aylanadigan yirik markaz sifatida loyihalashtirish zarurligini taʼkidladi.

U yerda viloyat hokimligi va boshqa davlat idoralarini joylashtirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, kongress-xoll, kontsert zallari va mehmonxonalar quriladi. Yangi kompleks Samarqand va Buxoroda oʻtkazilayotgan kabi yirik xalqaro forumlarni oʻtkazish maydoniga aylanishi kerak.

«Transport tarmogʻi shaharni boshqa hududlar bilan qulay bogʻlashni taʼminlashi zarur. Prezident aeroport va temir yoʻl vokzalini yangi shahar bilan bogʻlaydigan jamoat elektrotransportini, zarurat tugʻilganda esa yerusti metrosini ishga tushirish zarurligini koʻrsatib oʻtdi»,

— deya aniqlik kiritildi matbuot xizmatida.

Shuningdek, taqdimot davomida Qarshi magistral kanali boʻylab sayyohlik kompleksi loyihasi koʻrib chiqilgani maʼlum qilindi. Uch kilometrlik zonani yaratish uchun 235 gektar yer ajratilgan. Loyihani toʻrt bosqichda amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqichda 30 gektar maydonda hunarmandlar shaharchasi qurish va sayyohlik zonasini yaratish koʻzda tutilgan.

Kompleks tarkibida mehmonxonalar, restoran va doʻkonlar, muzey, akvapark, bolalar oʻyin maydonchalari qurish, shuningdek, qayiqda sayr qilish mumkin boʻlgan sunʼiy koʻl tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Prezident xavfsizlik, qulaylik, foydalana olish imkoniyati va «aklli shahar» tamoyillarini asos qilib olgan holda, yetakchi xorijiy loyihalash va arxitektura kompaniyalarini jalb etgan uchrashda yangi shaharning bosh rejasi va sayyohlik kompleksining master-rejasini puxta ishlab chiqishni topshirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.