«Yandeks» Ukraina dronlari hujumidan söng superkompyuterlarini köçirdi
Rossiyaning «Yandeks» kompaniyasi dronlar hujumidan söng barça uçta superkompyuterini yangi manzillarga köçirdi.

«Yandeks» Ukraina dronlari hujumidan so‘ng superkompyuterlarini ko‘chirdi
RBK xabariga ko‘ra, gap «Lyapunov», «Galuşkin» va «Çervonenkis» kompyuterlari haqida bormoqda. «Yandeks» kompaniyasining taʼkidlashicha, maʼlumotlarni qayta ishlash markazlariga (TSOD) uyushtirilgan dron hujumlari davomida ularga zarar yetmagan.
Endi ular maʼlumotlar markazlaridan olib chiqilgan va yangi manzillarda o‘rnatilmoqda:
«Ular shu paytgacha turgan joylaridan olib chiqildi va hozir yangi hisoblash maydonchalarida ishga tushirilmoqda. Superkompyuterlardan avvalgidek «Yandeks» xizmatlari uchun infratuzilma sifatida hamda fundamental til modellarini o‘qitishda foydalanish davom ettiriladi», - deb maʼlum qildi kompaniya.
«Yandeks» maʼlumotlar markazlari joriy oktabr oyida uch marta dronlar hujumiga uchradi: zarbalar Ryazan viloyatining Sasovo shahri, shuningdek, Kaluga va Vladimirdagi TSOD obyektlariga to‘g‘ri keldi. Hujumlar nafaqat kompaniyaning bulutli xizmatlari, balki boshqa tizimlar, jumladan, davlat tizimlari faoliyatiga ham taʼsir ko‘rsatdi. Bundan tashqari, kompaniyaning O‘zbekistondagi servislarida ham uzilishlar kuzatilgan edi.

