Mahalliy

Xususiy sektor tibbiyotga autsorsing asosida jalb qilina boshlanadi

Prezident qarorida xususiy tibbiyot tashkilotlarini davlat tibbiy xizmatlarini koʻrsatishga jalb etishning yangi mexanizmlari koʻzda tutilgan. 2027 yil 1 yanvardan boshlab autsorsing shartlarida klinik va yordamchi xizmatlarni xarid qilishning yangilangan tartibi joriy etiladi, 2030 yilga borib esa ularning ulushini 30 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Xususiy sektorni tibbiyotga autsorsing asosida jalb qilish boshlanadi

«Sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirishda xususiy sektor ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qarori (04.11.2026 yildagi PQ-392-son) qabul qilindi.

Maqsadlar:

2027 yil 1 yanvardan boshlab sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha uzoq va qisqa muddatli master-rejalar asosida, tibbiy xizmatlarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda xususiy sektorni jalb qilish mexanizmlari joriy etiladi.

Bunda kafolatlangan yordam koʻrsatish uchun tibbiyot muassasalari davlat tasarrufida saqlab qolinadi.

2027 yil 1 yanvardan boshlab tibbiyot muassasalarida xususiy sektordan xizmatlarni autsorsing asosida xarid qilishning yangi tartibi joriy etiladi. Autsorsing shartnomalari xizmatning xususiyati va investitsiyalar hajmidan kelib chiqib 5 yilgacha, alohida hollarda esa 10 yilgacha boʻlgan muddatga tuziladi.

Bunda amal qilish muddati yangi tartib joriy etilguniga qadar tugaydigan autsorsing loyihalarini 2027 yil oxirigacha davom ettirishga ruxsat beriladi.

2027 yil 1 aprelga qadar autsorsing loyihalarini roʻyxatdan oʻtkazish, hisobini yuritish va amalga oshirilishini monitoring qilish uchun «Tibbiy autsorsing» elektron axborot tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Tibbiyot muassasalarini professional boshqaruvchilarga topshirish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Bunda ularning faoliyati har yili samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholab boriladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi har yili 1 noyabrga qadar master-reja asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish hisobidan va DXSh mexanizmlari doirasida amalga oshiriladigan ustuvor loyihalar roʻyxatini shakllantiradi hamda oʻzining veb-saytida eʼlon qiladi.

Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 04.11.2026 yildan kuchga kirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.