Mahalliy

Xudoyorxon taxtini tiklash uchun maxsus materiallar xarid qilingan — Madaniy meros agentligi

**Xudoyorxon taxtini qayta tiklash uchun maxsus materiallar sotib olindi – Madaniy meros agentligi**

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qondagi Xudoyorxon majmuasida o‘rnatilgan taxt haqida xabarlar tarqalgach, Madaniy meros agentligi ushbu holatga izoh berdi.

Agentlikning ma’lum qilishicha, jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan taxt muzey eksponati emas. U 2018-yilda "Qo‘qon shamoli" tarixiy filmini suratga olish uchun rekvizit sifatida tayyorlangan. Suratga olish ishlari tugagach, taxt Katta salomxonadagi bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida vaqtincha qoldirilgan.

Hozirda Xudoyorxon saroyining tarixiy qiyofasiga mos keladigan taxt nusxasini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 2024-yil may oyida muzey rahbariyati Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajiga tashrif buyurgan va taxtning asl nusxasi u yerda saqlanmasligi aniqlangan.

Taxtni qayta tiklash uchun tarixiy manbalar va mavjud hujjatlar o‘rganilmoqda. Ishlarda foydalanish uchun Qirg‘iziston tog‘larida o‘suvchi maxsus qora yong‘oq daraxtidan materiallar xarid qilingan.

Taxtni bezash va unga ishlov berish bo‘yicha Eronning Maloir shahri ustalari bilan aloqa o‘rnatilgan. Yog‘och o‘ymakorligi ishlarini esa o‘zbekistonlik usta Mirzo Yunus Umarov bajarishi rejalashtirilgan.

Agentlikning ta’kidlashicha, tarixiy manbalar va ilmiy asoslar asosida taxtning munosib nusxasini yaratish murakkab va ko‘p bosqichli jarayon. Ishlarni 2028-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.