Mahalliy

Toshkentda sovet davriga oid noyob mozaikalar saqlanadi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida sobiq sil dispanserining tashqi devorlarida joylashgan noyob mozaik kompozitsiyalarni ehtiyotkorlik bilan demontaj qilish va boshqa joyga ko‘chirish ishlari boshlandi.

Toshkentda sovet davriga oid noyob mozaikalar saqlanib qolinmoqda.

Yunusobod tumanida joylashgan sobiq sil dispanserining tashqi devorlaridagi betakror mozaik kompozitsiyalarni ehtiyotkorlik bilan demontaj qilish va boshqa joyga ko‘chirish ishlari boshlandi. Niyozbek yo‘li ko‘chasi 3-tor ko‘chasi, 6-uy manzilida joylashgan ushbu mozaikalar Madaniy meros agentligi tomonidan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritish uchun nomzod sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

1972-yilda qurilgan sobiq sil dispanseri binosida demontaj ishlari rejalashtirilgani sababli, mozaik kompozitsiyalarning yaxlitligi, tarixiy va badiiy qimmatini saqlab qolish maqsadida ularni boshqa hududga ko‘chirishga qaror qilindi.

Madaniy meros agentligining maʼlumotlariga ko‘ra, bu mozaikalar XX asrning ikkinchi yarmiga oid monumental sanʼatning noyob namunalaridir. Ularning badiiy qiymati kompozitsion yechimning o‘ziga xosligi, ranglarning uyg‘unligi va tasvirlar mavzusi bilan bog‘liq.

Mozaikalarda inson, tabiat, mehnat, bunyodkorlik, ilm-fan va tinchlik g‘oyalari badiiy talqinda aks ettirilgan. Tasvirlarni yaratishda turli rangdagi smalta va mozaikaning boshqa elementlaridan foydalanilgan.

Ushbu kompozitsiyalarni ko‘chirish ularni o‘z davri monumental sanʼati namunalari sifatida saqlab qolish va kelajak avlodlarga yetkazish imkonini berishi kutilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.