Mahalliy

Xorijiy marketpleyslarning soliqqa tortilishi tartibga solindi

Yangi qonun soliq qonunchiligi va elektron tijorat qoidalariga oʻzgartirishlar kiritdi. Hujjat elektron savdo platformalari orqali tovar sotuvchi xorijiy kompaniyalar tomonidan soliqlarni hisobga olish, hisoblash va toʻlash tartibini belgilaydi.

Xorijiy marketpleyslarning soliqqa tortilishi tartibga solindi

11.09.2026 yildagi OʻRQ-1173-sonli Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga elektron tijorat sohasini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Taʼkidlanishicha, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi elektron tijorat ishtirokchilari uchun zamonaviy logistika infratuzilmasiga ega boʻlgan milliy elektron tijorat makonini shakllantirishni, shuningdek, elektron tijorat ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun huquqiy bazani yanada takomillashtirishni talab etmoqda.

Qonun bilan Soliq kodeksiga elektron xizmatlar koʻrsatuvchi yoki elektron savdo platformalari orqali tovarlarni realizatsiya qiluvchi xorijiy yuridik shaxslarni soliqqa tortishni, ularning hisobi va ushlanmalarini, soliqlarni hisoblash va ushlab qolishni, ular tomonidan soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqlarni toʻlashni belgilashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Xususan, xorijiy marketpleyslar Oʻzbekistonda sotilgan tovarlardan QQS toʻlashi shart.

Bundan tashqari, «Elektron tijorat toʻgʻrisida»gi Qonunga elektron tijorat, elektron savdo platformalari, elektron savdo ishtirokchilari va operatorlarining huquq va majburiyatlarini, elektron tijorat sohasidagi toʻlovlarni, transchegaraviy elektron tijoratning oʻziga xos xususiyatlarini, shuningdek, raqamli tovarlar eksporti va importini belgilovchi tuzatishlar kiritildi.

Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 12.09.2026 yildan kuchga kirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.