Mahalliy

Rieltorlik bo‘yicha yangi qonun qabul qilindi

Rieltor rieltorlik tashkiloti tarkibida faoliyat yuritadi va rieltorlarning malaka sertifikatiga ega bo‘lishi lozim.

Rieltorlik faoliyatini tartibga soluvchi yangi qonun kuchga kirdi. 2026-yil 7-avgustda qabul qilingan O‘RQ–1163-sonli "Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonun rieltorlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni maqsad qilgan.

Ushbu qonunga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rieltorlik sohasida vakolatli davlat organi etib belgilandi. Rieltor bo‘lishni istagan talabgorlar rieltorlarni o‘qitish dasturidan o‘tib, malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlaridan so‘ng, professional jamoat birlashmasi tomonidan shtrix kodli malaka sertifikatiga ega bo‘ladilar.

Rieltorlar faqat rieltorlik tashkiloti tarkibida faoliyat yuritishlari va malaka sertifikatiga ega bo‘lishlari shart. Rieltorlik tashkilotlari va ko‘chmas mulk bo‘yicha agentlar o‘zlari haqidagi ma’lumotlar Yagona reyestrga kiritilgan kundan boshlab rieltorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladilar.

Rieltorlik faoliyati quyidagi xizmat turlarini o‘z ichiga oladi:

* Ko‘chmas mulk obyektlari va ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlarni tuzishda vositachilik.

* Ko‘chmas mulk obyektlari va ularga bo‘lgan huquqlarning savdosini tashkil etish.

* Ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish.

* Ko‘chmas mulk bozorida axborot, maslahat va reklama xizmatlarini ko‘rsatish.

Shuningdek, xususiy sektor tomonidan tashkil etiladigan Multilisting tizimi joriy etiladi. Bu tizim rieltorlik xizmatlarini muddatli shartnomalar asosida "yagona darcha" prinsipi bo‘yicha ko‘rsatish imkonini beradi va elektron shaklda ishonchli axborot almashinuvini ta’minlaydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.