Mahalliy

Xorijga o‘qish uchun ketayotgan o‘zbekistonliklar soni 33 foizga kamaydi

2026-yilning 9 oy mobaynida o‘qish maqsadida xorijga chiqqan o‘zbekistonliklar 8,1 ming nafarga kamaydi

Xorijda tahsil olish uchun ketayotgan o‘zbekistonliklar soni 33 foizga qisqardi

2026-yil yanvar–sentyabr oylarida 16 522 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida xorijga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 33 foizga kam. O‘tgan yilning dastlabki to‘qqiz oyida o‘qish uchun xorijga chiqqan o‘zbekistonliklar soni qariyb 24,6 ming nafarni tashkil etgan.

2025-yil yanvar–sentyabr oylarida o‘zbekistonliklar o‘qish maqsadida eng ko‘p Tojikistonga safar qilgan — 5 534 nafar. 2026-yilning mos davrida esa Rossiya birinchi o‘ringa chiqqan.

2026-yilning 9 oyida Rossiyaga o‘qish uchun 3 847 nafar O‘zbekiston fuqarosi borgan. Qirg‘iz Respublikasi 2 809 nafar bilan ikkinchi, Koreya Respublikasi 2 118 nafar bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan.

O‘qish maqsadida Turkiyaga 1 818 nafar, Xitoyga 1 248 nafar, Qozog‘istonga 1 112 nafar va Tojikistonga 904 nafar o‘zbekistonlik safar qilgan.

Buyuk Britaniyaga 784 nafar, Germaniyaga 374 nafar va AQShga 231 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish uchun borgan. Boshqa davlatlarga safar qilganlar soni 1 277 nafarni tashkil etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.