Xonadonlardan chaqiruvlar, chiqindi uchun jarimalar va aholi iltimosiga koʻra ishdan boʻshatish: Oʻzbekistonda militsiya faoliyati qanday oʻzgaradi
Oʻzbekistonda ichki ishlar organlari faoliyati isloh qilinadi. Prezident uchastka inspektorlari, patrul-post va YPX xizmati faoliyati qoidalarini oʻzgartiruvchi qarorni imzoladi. Bosh maqsad — odamlarga tezroq yordamga yetib borish va qoidabuzarliklarni bevosita joyida bartaraf etish. Uchastka inspektorlari uchun nimalar oʻzgaradi? • Aholi uchastka inspektorini ishdan boʻshatishi mumkin boʻladi. Inspektor faoliyatining bosh koʻrsatkichi — odamlarning ishonchi. Agar mahalla ahli oʻz […]

Xonadonlardan chaqiruvlar, chiqindi uchun jarimalar va aholi talabiga koʻra ishdan boʻshatish: Oʻzbekistonda militsiya faoliyati qanday oʻzgaradi
Oʻzbekistonda ichki ishlar organlari faoliyatini isloh qilish amalga oshirilmoqda. Prezident uchastka inspektorlari, patrul-post va YPX xizmatlari ish tartibini oʻzgartiruvchi qarorni imzoladi. Asosiy vazifa — odamlarga tezroq yordam koʻrsatish va qoidabuzarliklarni toʻgʻridan-toʻgʻri joyida bartaraf etishdir.
Inspektor faoliyatining bosh koʻrsatkichi fuqarolarning ishonchi boʻladi. Agar mahalla ahli oʻz uchastka inspektoriga qarshi ovoz bersa, u jazolanishi yoki ishdan boʻshatilishi mumkin.
Uchastka inspektorlari mahalla ichida yoʻl harakati qoidalarini buzishning 4 ta turi boʻyicha mustaqil ravishda ogohlantirish berishi va jarima rasmiylashtirishi mumkin boʻladi. Bundan tashqari, ularga ilgari tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi huzuriga borishni talab qilgan 9 turdagi mayda huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish huquqi berildi.
Uchastka inspektorlarini oʻzlariga tegishli boʻlmagan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi. Xodimlarning oʻzlari ham himoya qilinadi: ularning faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun jarima joriy etiladi.

