Mahalliy

Davlat mehnat inspeksiyasi dam olish kunlari xodimlariga majburan turli topshiriq berayotganlarni ogohlantirdi

Davlat mehnat inspeksiyasi dam olish kunlari xodimlarga majburan turli topshiriqlar berayotganlarga ogohlantirish berdi

Davlat mehnat inspeksiyasi O‘zbekistonda na majburiy mehnatga, na bosimga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Inspeksiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim hududlarda xodimlarni ish vaqtidan tashqari, shuningdek, dam olish kunlarida ham turli topshiriqlarni bajarishga majburan jalb etish holatlari yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda. Davlat mehnat inspeksiyasi majburiy mehnat qonunchilik bilan taqiqlanganini, xodimni jazo yoki bosim tahdidi ostida, uning roziligisiz mehnatga majburlashga yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi.

Shuningdek, “Ijtimoiy reyestr”dagi fuqarolarni asossiz yoki majburan reyestrdan chiqarish holatlari ham kuzatilayotgani, inspeksiya bu fuqarolarning davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya va ko‘maklardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lishiga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi.

“Hech qanday topshiriq xodimning mehnat huquqlarini yoki fuqaroning ijtimoiy himoya huquqlarini cheklash uchun asos bo‘la olmaydi”, deyiladi Davlat mehnat inspeksiyasi matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, murojaatlar o‘rganilib, holatlar tasdiqlangan taqdirda, aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘riladi. Hududlardagi rahbarlarga ham bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli ogohlantirish yuboriladi.

Avvalroq inspeksiya “Tashabbusli byudjet”da ovoz berish jarayoni davom etayotganda majburiy ovoz berishga jalb etilayotgan byudjet tashkiloti xodimlarini bu haqda 1176 qisqa raqami orqali xabar berishga chaqirgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.