Mahalliy

“Xizmatingizning qadri doimo baland bölsin!” – Şavkat Mirziyoyev içki işlar organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yölladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Içki işlar vazirligi taşkil etilganining 35 yilligi bilan qutlab, içki işlar organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yölladi.

“Xizmatingizning qadri doimo baland bölsin!” – Şavkat Mirziyoyev içki işlar organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yölladi

Davlat rahbari tabrikning avvalida xalq osoyiştaligini taʼminlaş hamda fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qiliş yölidagi xizmatlari uchun tizimning barcha xodimlariga samimiy minnatdorlik izhor etdi.

“Albatta, yurtimizda öz farzandini maktabga kuzatayotgan ota-onaning xotirjamligi, mahallalarimizdagi osoyişta hayotni mustahkamlaşda sizlarning kundalik fidokorona mehnatingiz va hissangiz borligini barçamiz yaxshi bilamiz.

Oddiy insonlarning sizga işonç bilan murojaat qilişi va bundan köngli taskin topişi – sizning xizmatingizga berilgan eng yuksak bahodir.

Ötgan öttiz beş yil mobaynida tizimda katta tajriba töplandi, jasorat va sadoqat anʼanalari şakllandi. Bugungi avlod xodimlari bu anʼanalarni zamonaviy bilim va yondaşuvlar asosida boyitib kelmoqda.

Joriy yilda mahallalarimizning qariyb yarmida jinoyat sodir etilmagani – içki işlar xodimlari, mahalla faollari va aholining hamkorlikdagi mehnati natijasidir. Endi bu tajribani kengaytirib, har bir mahallada xavfsiz muhit yaratiş böyiça işlarimizni izçil davom ettirişimiz zarur.

Jamoat xavfsizligini taʼminlaşda raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş kengaymoqda. Kiberjinoyatlarni barvaqt aniqlaş, ularning oldini oliş va fuqarolarning mol-mulkini himoya qiliş çoralari kuçaytirilmoqda.

Giyohvandlik va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, ayniqsa, yoşlarimizni bu illatlar taʼsiridan asraş muhim vazifamiz bölib qolmoqda. Buning uçun zamonaviy bilim va puxta tayyorgarlik zarur. Şu bois, kadrlar tayyorlaşda nazariyani amaliyot bilan boğlaş, dual taʼlimni rivojlantiriş, mahalliy va xorijiy mutaxassislar tajribasidan foydalanişga katta ahamiyat bermoqdamiz.

Milliy yuksaliş yölidagi maqsadlarimiz içki işlar organlari oldiga ham yangi vazifalar qöymoqda. Sizlardan jinoyatlarning oldini olişda taşabbuskorlik, xizmatda qatʼiy intizom va halollik kutib qolaman.

“Özingni angla va özgani qadrla” degan tamoyilga amal qilgan holda faoliyat olib boriş içki işlar sohasi uçun ham muhim ahamiyatga ega. Bu – xodimning kasbiy şaʼnini asraşi, qonunga qatʼiy rioya etişi va har bir insonga hurmat bilan munosabatda bölişini anglatadi.

Sizga murojaat qilgan fuqaroni diqqat bilan tinglaş, uning muammosini qonuniy hal etişga kömaklaşiş xalqning tizimga bölgan işonchini mustahkamlaydi. Çunki, odamlar bir xodimning muomalasi va xatti-harakatidan butun tizim haqida xulosa çiqaradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.