Dunyo

Xitoyning Tsindao shahrida kemadagi yongʻin oqibatida 25 kishi halok boʻldi

Xitoyning Shandun provintsiyasidagi Tsindao shahri portida xorij bayrogʻi ostidagi quruq yuk tashuvchi kemada yongʻin yuz berdi

Xitoyning Tsindao shahridagi kemada yuz bergan yongʻinda 25 kishi halok boʻldi

Xitoyning Shandun provintsiyasidagi Tsindao shahri portida xorij bayrogʻi ostidagi quruq yuk tashuvchi kemada yongʻin chiqdi. 25 kishi halok boʻldi, yana besh kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Global Times nashri.

Kema Xitoy davlat kemasozlik korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi Qingdao Beihai Shipbuilding Co. verfida texnik xizmat koʻrsatishda boʻlgan. Yongʻin mahalliy vaqt bilan soat 11:15 da (Toshkent vaqti bilan 8:15 da) boshlangan. Voqea joyiga favqulodda xizmatlar yetib kelgan. Yongʻinni mahalliy vaqt bilan soat 14:30 ga (Toshkent vaqti bilan 11:30 ga) kelib oʻchirishga muvaffaq boʻlingan.

Yongʻin vaqtida bortda 42 kishi boʻlgan. 12 kishini xavfsiz evakuatsiya qilishga muvaffaq boʻlingan. Besh nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan, ularning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

AFP maʼlumotlariga koʻra, gap Liberiya bayrogʻi ostida suzuvchi, uzunligi 190 metr boʻlgan balker haqida bormoqda. Guvohlar Frantsiya agentligiga tutunni koʻrishgani, biroq portlash tovushlarini eshitmagani va hech qanday oʻziga xos hidlarni sezishmaganini aytishgan.

XXR Raisi Si Tszinpin «aybdorlarni qatʼiy javobgarlikka tortish»ga chaqirdi va kelajakda bu kabi hodisalarning oldini olish choralarini koʻrishni topshirdi, deb xabar beradi «Sinxua» agentligi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.