Xitoylik erkak rafiqasi uchun dunyodagi eng katta gulxayri bog‘ini yaratdi

Xitoylik erkak o‘z turmush o‘rtog‘i uchun dunyodagi eng ulkan gulxayri bog‘ini bunyod etdi.
South China Morning Post nashrining xabar berishicha, Xitoyning Sichuan viloyatida yashovchi Chjou Syaolin ismli shaxs rafiqasi In Szeni xursand qilish maqsadida dunyodagi eng katta gulxayri bog‘ini yaratgan.
Bog‘ni barpo etish g‘oyasi 2013-yilda, In Pekinda eri bilan birga ko‘rgan gulxayrilar haqidagi bolalik xotiralarini eslaganida paydo bo‘lgan. Rafiqasi gullarni juda yaxshi ko‘rishini aytganidan so‘ng, Chjou unga atab bog‘ yaratishga va’da bergan.
Bog‘bonchilikda hech qanday tajribasi bo‘lmasa-da, u o‘z uyini sotib, Chjuanlun shahridan yer sotib olgan va gulxayri yetishtirishni o‘rgangan. Erkak 80 gektarga yaqin maydonda 700 dan ortiq turdagi gulxayri, shuningdek, 150 mingga yaqin nilufar va 100 ming tup xitoy gibiskusini o‘stirish uchun 10 yildan ortiq vaqt sarflagan.
Keyinchalik Chjou xitoylik botaniklardan ilhomlanib, gulxayrining tarixi va madaniy ahamiyatini chuqur o‘rgangan. Hatto u gul turlariga bag‘ishlangan rasmli qo‘llanma ham tuzgan.
Chjou Syaolin va In Sze 35 yildan ortiq vaqtdan beri turmush qurishgan. Ular In Pekin tibbiyot universitetidagi kursdoshlari bilan Sichuanga sayohatga kelganida tanishishgan. Guruhga stajyor-gid etib tayinlangan Chjou qizni sevib qolgan. Chjou Pekinga kelib, Inga turmush qurishni taklif qilguniga qadar ular besh yil davomida do‘st sifatida xat yozishib turishgan.

