Texnologiya

Xitoyda minib yurish mumkin bo‘lgan robot-ot yaratildi

Xitoyda minishga mo‘ljallangan robot-ot yaratildi.

Xitoyning DaxAI startapi tomonidan ishlab chiqilgan to‘rt oyoqli Qiji X1 roboti taqdim etildi. Ushbu robot tashqi ko‘rinishidan motorli, kattalashtirilgan robot-itni eslatadi.

Qiji X1 300 kilogrammgacha yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega bo‘lib, maksimal tezligi soatiga 9,6 kilometrni tashkil etadi. Bir marta quvvatlanganda esa 40 kilometrgacha masofani bosib o‘ta oladi.

Robotning namoyishi aks etgan video internetda keng tarqaldi. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, robot murakkab hududlarda, jumladan, tik qiyaliklar, loy va shag‘alli yo‘llarda mustaqil harakatlana oladi. Shuningdek, undan real sharoitlarda transport vositasi sifatida foydalanish mumkin.

Kelajakda Qiji X1 robotidan og‘ir yuklarni tashish va qutqaruv operatsiyalarida foydalanish rejalashtirilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar robot-ot haqida turli xil fikrlar bildirishmoqda. Masalan, Reddit foydalanuvchilaridan biri hazil tariqasida shunday yozgan: “Texnologiyalar rivojlangani sabab oddiy ot eskirib qolganining ikkinchi holati”.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.